ISHGA QABUL QILISH

Malaka oshirish

Enter Engineering, kadrlar zaxirasini shakllantirish va kadrlar rotatsiyasi dasturlari orqali Kompaniyadagi xodimlarning martaba rivojlanishi va o'sishini ma'qullaydi.

Kompaniya xodimlarni tashqi o'quv markazlarida o'qitish bilan bir qatorda, eng tajribali mutaxassislar o'z tajriba va bilimlarini boshqa xodimlarga etkazadigan ichki o'qitish yo'nalishini faol rivojlantirmoqda.

Korporativ o'quv markazi - "ERIELL prof Education" Enter Engineering ning o'rta va yuqori boshqaruv xodimlari uchun malaka oshirish tizimining muhim tarkibiy qismidir. O'quv markazining asosini malaka oshirish kurslari tashkil etadi, ular doirasida oylik o'quv kurslari, treninglar, ko‘chma o‘quv kurslari va interfaol o‘qitishning boshqa turlari o'tkaziladi.