Karyera

Enter Engineering da ishlashning  qiziqarliligi nimada? Biz munosib va sog‘lom raqobatga  qurilgan mehnat sharoitlarini yaratamiz, personalni o‘qitish va moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtiramiz. Agar siz intiluvchan, tashabbuskor bo‘lsangiz, ishlab chiqarish va korporativ muammolarni tez va samarali hal qila olsangiz, biz sizni ko‘p ming sonli  jamoamizning a'zosi bo'lishga taklif qilamiz. Biz shunchaki jamoa emasmiz, biz katta do'stona oilamiz! Biz bilan ishlash orqali siz kelajakni yaratishingiz mumkin!

Bo'sh ish o'rinlari
JAMOA

Biz haqaqiy professionallar jamoasini jamlashga erishdik.

Har bir xodimi kompaniyaning butun faoliyati davomida ob'ektlardagi barcha ishlar grafik asosida bajarilishi va loyihalar o‘z vaqtida topshirilishini yaxshi biladi.

Kompaniya sanoat, fuqarolik va neft-gaz sohasida 50 dan ortiq loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

Enter Engineering jamoasi yuqori sifatli va kompleks loyihalashtirish ishlarini bajaradi, eng yaxshi yetkazuvchilar bilan ishlaydi va qurilish-montaj hamda ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshiradi.

Biz bir joyda to‘xtab qolmaymiz - istiqbolli yechimlar izlaymiz, raqobatbardoshlilik afzalligini qo‘llab-quvvatlaymiz.

12 yil

Benuqson faoliyat

Kompaniyada noyob korporativ madaniyat va muhit shakllangan. Bu muhit xalqaro tajriba almashish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va vazifalarga echim izlashda samarali yondoshuvlardan foydalanish asosiga qurilgan.

Biz - natija sari intilib mehnat qiluvchi jamoamiz. Kelgusidagi barcha muvaffaqiyatlarimiz faqat Siz bilan bizning bugingi intilishlarimizga bog‘liq.
Enter Engineeringni olis 2012 yilda tashkil etar ekan, rahbariyat kompaniyaning mintaqadagi eng yirik qurilish tashkilotlaridan biriga aylanishiga umid qilgandi. Va shunday bo'ldi.Bizning hisobimizda ko'plab ob'ektlar mavjud. Va biz taraqqiyotdan to'xtamaymiz, doimo rivojlanamiz, geografiyani kengaytiramiz, yangi texnologiyalarni joriy etamiz. Kompaniyaning ko'plab mamlakatlarda vakolatxonalari bor, bizda o'n minglab xodimlar mehnat qiladi.
Enter Engineering falsafasi kelajakni yaratishdir! Bu g‘oyani maqsadli, professional, intiluvchan va ijodiy fikrlovchi xodimlarsiz amalga oshirib bo'lmaydi. Sizning barcha sa'y-harakatlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman, yangi marralarni zabt etishdan qo'rqmang, har doim ko'proq va yaxshiroq natijalarga intiling va biz sizni har tomonlama qo'llab-quvvatlaymiz.
Tengko Alfonso Samonte
Tengko Alfonso Samonte, Enter Engineering kompaniyasining vakolatli vakili

Bosh ish o‘rinlari ro‘yxati

Sizda jamoamiz safiga qo‘shilish imkoniyati bor. Hatto saytimizda ochiq bo‘sh o‘rin bo‘lmasa ham, agar kompaniyamizda ishlash istagingiz kuchli bo‘lsa, o‘z anketangizni bizga yuboring.

Технолог 1

Технолог 2

Технолог 3

Ofis menejeri, Toshkent shahri