АTROF-MUHIT HIMOYASI

Enter Engineering atrof-muhitga zarar taʼsirni minimallashtirish uchun ekologiya masalalariga katta eʼtibor qaratadi. Barcha yangi investitsion loyihalarning atrof-muhitga taʼsirini ichki baholash amaliyotini bajarib keladi.
Bizning atrof-muhitga nisbatan yondoshuvimiz Kompaniyaning ekologiya siyosatiga, shuningdek qurilish loyihalarida xodimlar xatti-harakati hamda foydalaniladigan texnikani tartibga soluvchi qator mahalliy meʼyoriy aktlar asoslangan. 
Bundan tashqari, muntazam ravishda ISO 14001: 2015 xalqaro standarti, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasining tegishli qonunchiligi boʼyicha har kunlik monitoring olib boriladi.

Biz atrof-muhit muhofazasi masalalarida oʼzimiz erishgan nufuzni qadrlaymiz. Enter Engineering kompaniyasi ekologiya boʼyicha mavjud qonunchilik hujjatlarining barcha meʼyorlariga qatʼiy amal qiladi. 
Tashqi tartib-qoidalar va ichki jarayonlar boʼyicha har qanday tartib buzilishlarga nisbatan tezkor chora koʼrish, bu choralarning atrof-muhitga salbiy taʼsirning oldini olishga qaratilgani – biz tutgan ekologiya siyosatining eng asosiy yoʼnalishidir.