Sog'liqni saqlash va mehnatni muhofaza qilish
Sogʼliqni saqlash, xavfsizlik texnikasi, kasb kasalliklarining oldini olish, xodimlarga sifatli tibbiy xizmat koʼrsatilishini taʼminlash - Enter Engineering ning barqaror faoliyati asosidir..
Ishchilar uchun mehnat sharoitlari yaxshilanmoqda, profilaktikaviy va oʼquv tadbirlari tashkil etilmoqda, eng zamonaviy shaxsiy himoya vositalari (ShHV) joriy qilinmoqda. Sogʼliqni saqlash, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi taʼminlash borasida asosiy maqsad – ish joyida shikastlanish holatlarini nulinchi darajaga yetkazish hamda baxtsiz hodisalar xavfini butkul bartaraf etishdir.
Kompaniyaning sogʼliqni saqlash, atrof-muhit va mehnat muhofazasini taʼminlash tizimi quyidagi eng ilgʼor xalqaro tajribalarga asoslangan:
ISO 14001: 2004 – ekologik menejment tizimi. Foydalanish boʼyicha talablar va qoʼllanma;
OHSAS 18001: 2007 – Kasbiy salomatlik va xavfsizlik menejmenti tizimi.
Enter Engineering da mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi tamoyillari:
• sogʼliqni saqlash, xavfsizlik va himoya texnikasi masalalariga oid barcha qonunlar va farmoyishlarga rioya etish;
• salomatlik va xavfsizlik uchun xavfli holatlarni oʼz vaqtida aniqlash va bartaraf etish uchun javobgarlik;
• xabardorlik va masʼuliyat darajasini oshirish uchun xodimlar va pudratchilarni tizimli ravishda oʼqitish va instruktaj bilan tanishtirib borish;
• pudratchilar tomonidan kompaniyaning mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi borasidagi talablariga rioya etilishini nazoratga olish.
COVID -19
COVID-19 pandemiyasi – butun jahon iqtisodiyoti, xususan Oʼzbekiston va Enter Engineering roʼbaroʼ boʼlgan aniq-ravshan muammo boʼldi. Gigiena va xavfsizlik talablari qatʼiy ravishda bajarilgani, moslashgan ish grafigi va masofadan turib ishlash tartibi joriy etilishi sharofati bilan kompaniya oʼz obʼektlarida faoliyat uzluksizligini taʼminlashga erishdi.
«Oʼzbekiston temir yoʼllari» АJ bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Zangiota tumanida xorijdan Oʼzbekistonga qaytgan fuqarolarni karatinga qoʼyish va shu orqali kovid kasalligining ommaviy tus olishiga yoʼl qoʼymaslik uchun kasalxona qurildi. Kasalxona mingta bemorga moʼljallangan edi. Qurilish davrida va uni ekspluatatsiyaga topshirish uchun 2500 nafardan ortiq ishchi va 320 ta texnika birligi jalb etildi.
Shuningdek koronovirus infektsiyasi tarqalishini toʼxtatish uchun kompaniya tomonidan tashkiliy, sanitar va epidemiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Bu reja barcha loyihalarda amalga oshirildi. Rejaga koʼra, qisqa fursatda ichida quyidagi ishlar bajarildi:
profilaktika preparatlari, ShHV va dezinfektsiyalovchi vositalar xarid qilindi;
2 ta tez yordam mashinasi xarid qilindi;
kompaniyaning barcha obʼektlarida karantin zonalari tashkil etildi;
mobil kasalxonalar tashkil etildi;
PTsR-testlarni oʼtkazuvchi 5 ta laboratoriya hamda antijismlar tekshiruvi uchun testlar xarid qilindi;
personalni keng koʼlamda testdan oʼtkazish ishlari bajarildi.