«Gazli» 6-SKS qurilishi

Mazkur obyektning ishga tushirilishi bilan uglevodorod tarkibli xom ashyo hajmini bir kecha-kunduzda 20,0 mln st. m3 gacha oshirish imkoni tugʼiladi. SKSda ishlaydigan asbob-uskunalarni oʼrnatish va ishga tushirish jarayonida 40 MVt gacha quvvatga ega SIEMENS Energy (Germaniya)ning gazni haydovchi ikkita apparat oʼrnatildi. Аyni paytda SKS ekspluatatsion texnologik rejimdagi loyihaviy quvvatiga mos ravishda ishlashga shay. Bu bilan yer qatlamlaridagi past bosim sharoitida bosimni koʼtarish orqali gaz qazib olish koʼlamini oshirishga erishiladi. Bundan tashqari, xom ashyoning keyingi bosqichda belgilangan texnologik qurilmalarda qayta ishlash va transportirovka uchun talab etilgan zaxirani shakllantirishga xizmat qiladi. Obyektdagi ishlab chiqarish jarayonlarida band boʼladigan mutaxassislar uchun ham munosib shart-sharoitlar yaratilgan. Operatorlar xonasi, qulay va shinam yashash xonalari, tibbiy punkt, oshxona va hokazo maishiy binolar qurib bitkazilgan.

Bajarish muddati

Shartnoma imzolangan sana: 2022

Yetkazib berish sanasi: 2023

Topshirish sanasi:

«Gazli Gas Storage» MChJ QK

Ijrochi

Bosh pudratchi:: Enter Engineering Pte. LTD.

Subpudratchilar:: UzLITI Engineering

Jalb etilgan ishchi kuchi va texnika birligi

300 texnika birligi 2000 nafar ishchi kuchi

Joylashgan joyi

O'zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Qizilqum.

Loyiha maydoni

12 Ga

EPC

ENGINEERING - 100

PROCUREMENT - 100

CONSTRUCTION - 100

Mediakontent
Loyihalar