Samarqand shahrida Turizm markazi qurilishi
Loyiha maqsadi – turizm infrastrukturasini kengaytirish, region va umuman respublika iqtisodiyotini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, shuningdek ekologiya muhofazasi va Oʼzbekistonning tarixiy merosini asrab-avaylash, zamonaviy innovatsion kelajakni yaratishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.
Loyihada mehmondoʼstlik anʼanasi va hordiq chiqarishga oid qator yangi inshootlar (kongress-markaz, mehmonxonalar, tijorat zonalari) qurilishi nazarda tutilgan.
Shimoliy biznes-klaster kongress-markaz va toʼrtta «lyuks» toifadagi xonalar va prezident appartamentlariga ega boʼlgan mehmonxonani oʼz ichiga oladi. Bu mehmonxonalar: 5-yulduzli 233 oʼrinli Samarkand Regency Amir Temur (Markaziy Osiyo hududida dunyodagi eng yetakchi mehmonxonalarning LHW - The Leading Hotels of the World assotsiatsiyasiga kiritilgan birinchi va yagona mehmonxona), 5-yulduzli 241 oʼrinli Silk Road by Minyoun; 4-yulduzli 175 oʼrinli Savitsky Plaza, 4-yulduzli 170 oʼrinli Lia! by Minyoun Stars of Ulugbek. 5-yulduzli barcha mehmonxonalarda SPA, barlar, restoran va basseynlar mavjud.
«Boqiy shahar» etnografik majmuasi – Oʼzbekiston madaniyatining tashrif qogʼozi boʼlib, u Oʼrta asrlar meʼmorchiligi anaʼnalarida qurilgan binolar, minoralarni oʼz ichiga olgan.
Bajarish muddati
Shartnoma imzolangan sana: 2019
Yetkazib berish sanasi: 2022
Topshirish sanasi:
«Samarkand Touristic Center» MChJ
Ijrochi
Bosh pudratchi:: Компания Enter Engineering.
Pudratchilar:: OOO “Innocraft”
Subpudratchilar:: PSK BRIG OOO “AZIYA-TONG”; “GEFEST”; AB ITALIA; METEX
Jalb etilgan ishchi kuchi va texnika birligi
+500 texnika birligi va +8,1 mingta ishchi kuchi.
Joylashgan joyi
Oʼzbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Koʼngil koʼchasi, M-39 trassasi, eshkak eshish kanali.
Loyiha maydoni
+260 ga
ENGINEERING - 100%
PROCUREMENT - 100%
CONSTRUCTION - 100%