Suv va nur simfoniyasi
Silk Road Samarkand Samarqand Sayyohlik markazining diqqatga sazovor asosiy joylaridan biri musiqali favvoradir. U barcha mehmonlarni nur, musiqa bilan uygʼunlashtirilgan suv toʼlqinlarining goʼzal va maftunkor raqsi ibla qarshi oladi. Bu ajoyib uygʼunlik hech bir insonni befarq qoldirmaydi.
Musiqali favvoraning oʼlchamlari ham kishini hayratga soladi — uzunligi 125 metr, suvning otilish balandligi esa 55 metrgacha. Аynan favvoraning shunday oʼlchami bu goʼzallikni Sayyohlik markazining turli nuqtalaridan, hattoki mehmonxonalar derazalaridan ham tomosha qilish imkonini beradi. Favvora eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan boʼlib, tasvirga olish jarayonlarida operatorlarga suv toʼlqinlari va jilgʼalari ijrosidagi gʼaroyib koʼrinishli haqiqiy simfoniyani aks ettirish imkonini beradi.