Enter Engineering kelajakni yaratmoqda: Energetika vazirligi binosida rekonstruktsiya ishlari

19.10.2021
Поделиться:

Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi binosini modernizatsiya qilish maqsadida Enter Engineering kompaniyalar guruhi tomonidan keng koʼllamli qurilish va pardozlash ishlari olib borilmoqda. Аyni damda binoning poydevor qurilishi va pardozlash ishlari boʼyicha qoplash, shuningdek, ichki muhandislik tizimlarini oʼrnatish ishlari yakunlandi.

Yetti qavatdan iborat boʼlgan binoda asosiy (umumiy ish xonalari va ofislar), yordamchi (konferents-zallar, yigʼilish xonalari, tashrif buyuruvchilarni qabul qilish xonalari) va xizmat koʼrsatish (kiyinish xonalari, oshxona, bufet va boshqalar) xonalari qurilishi rejalashtirilgan.

Obyekt hududida resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash tamoyillariga asoslangan oʼziga xos landshaftni yaratish koʼzda tutilgan.

· Ushbu oyning oxiriga qadar 3-6 qavatlar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

· Obyektni qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Istiqbol koʼchasi, 21-uyda olib borilmoqda.

· Obyektning umumiy maydoni 552 m2 ni tashkil etadi.

· Binoning tashqi jabha dizayni Master Design tomonidan ishlab chiqilgan. Binolarning ichki rejaviy tuzilishi va pardozlash ishlari Oil and Gas Design, shuningdek, N-Design Group ning yetakchi mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda.

Shuni taʼkidlab oʼtish joizki, Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining maʼmuriy binosini rekonstruktsiya qilish loyihasi Private Studio «Master-Design» kompaniyasiga Xalqaro meʼmorlar uyushmasining (XMU) XXIX xalqaro koʼrik-tanlovida "Shaharsozlik majmualari va ansambllari" nominatsiyasi boʼyicha II-oʼrinni olib keldi.

Biz ham tavsiya qilamiz