Enter Engineering kelajakni yaratmoqda: Toshkentda «Moskva energetika instituti» ITI filiali

06.10.2021
Поделиться:

2018-yilda Oʼzbekistonda Toshkent shahrida «Moskva energetika instituti» Milliy tadqiqot universiteti filialini tashkil etish toʼgʼrisidagi qaror qabul qilingandi. Bundan koʼzlangan asosiy maqsad respublikaning energetika sanoati uchun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni tayyorlashdir. Ushbu loyihaning bosh pudratchisi Enter Engineering hisoblanadi..

Bizning kompaniya loyiha boʼyicha amalga oshiriladigan qurilish-montaj va pardozlash ishlarining barcha hajmi uchun javobgardir. Bugungi kunda Enter Engineering mutaxassislari tomonidan oʼquv binosining tom qismini yopish, ichki qism devorlariga ishlov berish va deraza tokchalarini oʼrnatish bilan shugʼullanmoqdalar. Institut laboratoriyasida kafelь yotqizish ishlari boshlandi. Yotoqxonaning 2- va 3-qavatlari oʼrtasidagi toʼsma plitalarni montaj qilish va gʼishtli toʼsiqlar qurish ishlari davom etmoqda. Bundan tashqari, hovuzni temir ulamalar bilan mustahkamlash ishlari yakunlanmoqda, keyingi bosqichda beton quyish ishlari boshlanadi. Institut mehmonxonasida esa ayni paytda 1- va 2-qavatlar oʼrtasidagi bostirma plitalarni montaj qilish ishlari izchil davom etmoqda.

Institut qurilishiga kompaniyaning 623 nafar ishchi-xodimlari va 25 ta qurilish texnikasi jalb qilingan. Qurilayotgan binoning umumiy maydoni 10 800 m2, yashil hudud 14 535 m2 atrofida, maydoncha va yoʼlaklar esa 10 000 m2 dan iborat. Yangi oliygoh 1200 nafar talabaga moʼljallangan oʼquv binosi, tajribalar va ilmiy tadqiqotlar uchun laboratoriya, 446 oʼrinli yotoqxona, shuningdek, chet ellik mehmonlar uchun maxsus qurilgan mehmonxonadan iborat boʼladi. Talabalar xavfsizligi uchun obʼekt hududiga kirish qismida muntazam qoʼriqlanadigan nazorat punkti oʼrnatiladi.

«Moskva energetika instituti» filialining ochilish ishlari Shavkat Mirziyoevning 2019-yil 4-iyuldagi Toshkent shahrida «MEI» Milliy tadqiqot universiteti» federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filialini tashkil etish toʼgʼrisida»gi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. Oliygohda taʼlim berish jarayoni Rossiyadagi federal taʼlim standartlariga muvofiq olib boriladi.

Biz ham tavsiya qilamiz