Boysunning ish sur’ati

31.08.2022
Поделиться:

Surxondaryo viloyatida Boysun GQIZ qurilishining qizg‘in bosqichi davom etmoqda.

Enter Engineering kompaniyalar guruhi mutaxassislari «O‘zbekiston mustaqilligi» bloki bo‘yicha mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi shartnoma asosida gazni qayta ishlash zavodi, infratuzilma obyektlari, gazni to‘plash, tozalash va tashish tizimlarini «kaliti bilan topshirish» asosida loyihalash, jihozlash va qurish» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

70 gektar maydonni egallagan qurilish maydonchasida zarur moddiy-texnika ta’minoti yaratilgan, obyektlarni qurish va jihozlarni o‘rnatish ishlari uchun zarur materiallar muntazam ravishda yetkazib berilmoqda.

GQIZda qurilish-montaj ishlari ayni kunda jadal sur’atda kechmoqda: poydevorlarni betonlash, quvur tokchalari va binolarni, texnologik uskunalarni, metall konstruksiyalarni o‘rnatish, yerosti quvurlarini payvandlash va h. k. Qurilishning yakuniy bosqichida tijorat gaz quvuri, asosiy manba suv o‘tkazgichi, yo‘l ko‘prigi bilan kirish yo‘li qurish va optik tolali aloqa liniyalari (OTAL) o‘tkazish nazarda tutilgan.

Rejaga ko‘ra, yaqin kunlarda omborxonalarni qurish, 102 ta oilaga mo‘ljallangan shaharcha va boshqa bir qator obyektlar uchun maydonni tayyorlash ishlari boshlanadi.

Bugungi kunda loyihada 929 nafar kishi mehnat qilmoqda va 218 dona qurilish va yo‘l texnikasidan foydalanilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, GQIZ qurilishi loyihasi amalga oshgach, yiliga 5 mlrd m3 gaz ishlab chiqarish, qayta ishlash va tashishga erishiladi. Ishlab chiqarish Shell Global Solutions International B.V. ning litsenziyalangan texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirilmoqda.

 
Biz ham tavsiya qilamiz