Enter Engineering kompaniyasi Buxoro viloyatidagi loyihalarini faol amalga oshirishda davom etmoqda. Bu yerda «Gazli» YGO (erosti gaz ombori)da gaz saqlash hajmlarini gaz koni gorizontlari va neftli hududlar hoshiyasini dastlabki razvedka va ishlab chiqish yoʼli bilan oshirish ishlari qizgʼin pallada. Ushbu loyiha doirasida obʼektlarni loyihalashtirish, asbob-uskunalarni yetkazish va «kaliti bilan topshirish» sharti bilan qurib topshirish natijasida ombor sigʼimini 6 mlrd. m3 ga yetkazish rejalashtirilgan.
Аyni kunda rejaviy qurilish, montaj va topshirishga tayyorlash ishlari bormoqda. Xususan, reduktsiyalash bloklariga va 2-F 601 oʼt oldirish uskunasiga ega mashʼal stvoli keltirib, oʼrnatildi. GPА-100, GPА-200 kompressor agregatlarini montaj qilish ishlari olib borilmoqda. Qator ishga tushirish majmualarida skvajinalarni GQTga ulash ishlari yakunlandi.
Shuningdek, bir nechta xizat koʼrsatish va texnologik obʼektlar, masalan, maishiy-maʼmuriy korpus, xodimlar uchun oshxona qurilishi izchil davom etmoqda, jumladan, kiritish qatorlari hamda mahalliy ehtiyoj uchun gazni tayyorlash bloklarida, moyni taralarda saqlash ombori, laboratoriya va kabelь estakadalari poydevor betonlandi. Qurilish maydonida 355 nafar mutaxassislar 59 ta texnika birligidan unumli foydalangan holda mehnat qilmoqda.
Shuni taʼkidlash joizki, barcha qurilish ishlari noqulay ob-havo sharoitlariga qaramay, izchillik bilan olib borilmoqda. Ushbu mintaqa tabiati atmosfera yogʼingarchiligi oz boʼlgan keskin-kontinental boʼlib, yozda kuchli shamollar, jazirama issiq harorati, qishda esa qahraton sovuqligi bilan ajralib turadi. Bu quruvchilarga koʼplab qoʼshimcha qiyinchilik va tashvish keltiribgina qolmay, texnika vositalari, aasbob-uskunalar va qurilish ashyolarining oʼta sifatli boʼlishini talab etadi.
Yaqinda oʼzining 65-yilligini nishonlagan mazkur konga oid loyihani amalga oshirish aholi va sanoat korxonlari tomonidan gaz isteʼmolidagi mavsumiy notekisliklarni barftaraf etish imkonini beradi. Bundan tashqari, ushbu loyihaning muvaffaqiyatli roʼyobi qazib olinadigan xom ashyoni Oʼzbekistonning ichki bozoriga yoʼnalitirish hajmini ayniqsa, qish mavsumida oshirish uchun shart-sharoit yaratadi.
Аleksey ChUKАRIN