Xalqimiz irodasi ila bunyod etilgan ajoyib inshoot

24.08.2022
Поделиться:

Qadimiy va hamisha navqiron Samarqandda «Buyuk ipak yoʼli» Xalqaro turizm markazi ochilishiga bagʼishlangan tantanali marosim boʼlib oʼtdi.

Unda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tabrik nutqi soʼzlab, barchani ushbu quvonchli voqea bilan muborakbod etdi. Xususan, davlatimiz rahbari oʼz soʼzida ushbu zamonaviy ulugʼvor maʼmuriy kompleksning bunyod etilishi quruvchilarimiz salohiyati va fidokorona mehnatining yana bir yorqin ifodasi oʼlaroq, bunyodkor xalq irodasining yana bir salmoqli, zafarli odimi boʼlganini taʼkidladi.

STM loyihasi roʼyobga chiqishida Enter Engineering kompaniyalari guruhi mutaxassislarining hissasi ulkan ekani shubhasiz, ular eng qisqa fursatlarda, pandemiyaning murakkab shart-sharoitlariga qaramay qurilish ishlarini muvaffaqiyat bilan ado etishga erishdilar.

Markaz koʼpprofilli yoʼnalishga ega boʼlib, 8 ta zamonaviy mehmonxonalar, kongress-xoll, «Аbadiy shahar» majmuasi, amfiteatr va boshqa koʼplab obʼektlarni oʼz ichiga olgan. U salohiyatiga koʼra, yiliga 2 millionta sayyohni qabul qila oladi. Bu yerda mehmonlarning Samarqanddagi diqqatga sazovor joylar tomoshasidan zavqlanishi, oʼz salomatligini mustahkamlashi, ishbilarmonlikka oid turli tadbirlarni oʼtkazishi uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan.

Majmuaning «Buyuk ipak yoʼli» deb nomlanishi bejiz emas, bu nom insonparvarlik ruhiyati ila sugʼorilgan boʼlib, katta tarixiy va silsilaviy ahamiyatga ega. U Samarqandning nafaqat tarixiy savdo yoʼllari kesishuvi sifatidagi, balki asrlar davomida insoniyat tamaddunining turli madaniyatlari birlasha borgan nuqta oʼlaroq ulkan ahmiyatini toʼla-toʼkis aks ettiradi!

Buyuk ipak yoʼli davri mavzusida bezatilgan «Аbadiy shahar» majmuasi markazning umumiy manzarasida alohida koʼrinish kasb etgan. Butun dunyoda tashrif buyurgan sayyohlar moziy koʼrinishidagi bu maskanda ildizi uzoq asrlarga borib taqalgan mahalliy hunarmandlarning ilm-hunari natijasi hisoblangan — kulollik buyumlari, ipak qogʼoz namunalari, zargarlik bezaklari va gilamdoʼzlik mahsulotlarining yaralishi bilan tanishishlari va bahramand boʼlishlari mumkin.

Oʼz faoliyatining ilk kunlaridanoq STM yirik xalqaro anjumanlarni oʼtkazish joyiga aylanadi — Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti va Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar yetakchilari uchrashuvi aynan shu maskanda boʼlib oʼtadi. Kelasi yilda esa bu yerda Yevropa rekonstruktsiya va taraqqiyot banki Boshqaruv kengashining har yilgi yigʼilishi hamda Butundunyo sayyohlik tashkiloti Bosh assambleyasining navbatdagi majlisi boʼlib oʼtishi rejalashtirilgan.

Tantanali ochilish marosimi Vatanimiz va xorijlik sanʼat ustalari ishtirokidagi «Аbadiy shahar afsonalari» nomli katta musiqiy dastur bilan yakunlandi.

Аleksey ChUKАRIN

 
Biz ham tavsiya qilamiz