Ishlar reja boʼyicha ketmoqda

05.08.2022
Поделиться:

Enter Engineering tomonidan OKMK bazasida bunyod etilayotgan 3-MBF (3-misni boyitish fabrikasi) qurilishi qizgʼin surʼatlarda davom etmoqda.

Bugungi kunda mavjud obʼektlarda 60 ming m3 beton quyilib, 11.7 ming tonna armatura ishlatilgan.

Loyiha boshlanganidan ayni paytgacha 2.7 ming m3 maydonda yer kavlash va tekislash ishlari bajarilgan boʼlib, burgʼilash-portlatish ishlari hajmi esa 1.5 mln m3ga yetdi.

 «Katta maydalangan ruda ombori» (KMRO) obyektida betonlashtirish, shuningdek 8 sektsiyadan iborat boʼlajak yopmalarni beton quyish uchun armatura bilan qoplash ishlari ketmoqda.

«Oʼrtacha maydalash korpusi» (OʼMK) obyektida konstruktsiyaviy qism boʼyicha ishlar, detallarni oʼrnatish va betonlashtirish ishlari avjida boʼlib, shuningdek «OʼMK-3000» rusumli maydalash uskunasini oʼrnatish boshlangan.

«Rudani tayyorlash korpusi» (RTK) va «Mayda maydalash korpusi» (MMK) obyektlarida kelgusida uskunalar oʼrnatilishi belgilangan joylarga beton quyish ishlari yakunlanmoqda.

Hammasi boʼlib loyihaga 1989 nafar quruvchi va ishchilar hamda gusenitsali samosvallar, avtokranlar, bulьdozerlar, ekskavatorlar, avtobetonqorgichlardan tashkil topgan 654 ta ogʼir texnika birligidan iborat texnika parki jalb etilgan.

Ushbu yirik loyiha amalga oshgach, OKMKning rudani qayta ishlash quvvati yiliga 160 million tonnagacha ortishi kutilmoqda, bu oʼz oʼrnida 2028-yilga borib katod misi ishlab chiqarish hajmini yiliga 400 ming tonnagacha oshirish imkonini beradi.

 
Biz ham tavsiya qilamiz