Mazkur yil kompaniyamiz tomonidan bir qator loyihalar oʼz vaqtida va muvaffaqiyatli yakunlandi. Ularning orasida – «Samarqand shahrida havo kemalarini yoqilgʼi bilan taʼminlash maqsadida yoqilgʼi quyish majmuasini qurish» loyihasi ham oʼrin olgan.
Buyurtmachi MChJ ST «SANOAT ENERGETIKA GURUHI», pudratchi – Enter Engineering kompaniyasi.
Yoqilgʼi quyish majmuasi 2,04 gektar maydonda joylashgan. Uni barpo etishdan asosiy maqsad – milliy aviatashuvchi hamda boshqa xorijiy aviakompaniyalarning havo kemalarini, shu jumladan Cargo aviatashuvchilarini ham yoqilgʼi bilan uzluksiz taʼminlashdir.
Loyiha quyidagilarni oʼz ichiga oladi:
- umumiy hajmi 4000 m3 boʼlgan suv omborlari. Shu jumladan: SYo-1 aviakerosin uchun VTZ zaxira 2000 m3 (2 dona);
-- 24 oʼrinli operator xonasi (shu jumladan xavfsizlik) va laboratoriyadan iborat boʼlgan ishlab chiqarish binosi;
- har xil turdagi aviakerosin uchun 2 ta truba ulanganini hisobga olgan holda ikkita yuklash blokidan iborat quyma moslamali reaktiv yoqilgʼi quyish stantsiyasi;
- 25 m3 hajmli drenaj vositasi – toʼkilgan aviayoqilgʼini yigʼish uchun;
- aviayoqilgʼini saqlash qurilmasi YeVTZ- 50 m3;
- sanoat va yomgʼir suvlari uchun temir-beton zaxirasi, V=100 m3;
- temir yoʼl chigʼiriga ega uzunligi 30 metr boʼlgan boshi berk yangi podyezdga kiruvchi temir yoʼli;
- yongʼinga qarshi nasos stantsiyasi;
- yongʼinga qarshi zaxira – 1400 m3 va boshqalar.
Yongʼinga qarshi zaxiraning chuqurligini qurish ishlari boshlangan. Maydonning mexanizatsiyalashgan rejasi yakunlandi – 23 ming m2.
Аyni kunda, shtatlar jadvaliga koʼra 176 nafar xodimlar mehnat qilishmoqda, shu jumladan bir smena ish vaqtida ishchilarning maksimal soni – 140 kishidan iborat. Ishga jalb qilingan texnikalar soni: samosvallar – 5 dona, ekskavatorlar – 2 dona, buldozer – 1 dona, avtokranlar – 4 dona, manipulyator – 1 dona.
Mazkur inshootning qurilishi orqali, kompaniyamiz nafaqat neft-gaz, gaz-kimyo, ijtimoiy, energetika, balki aviatsiya sohasida ham oʼzining mahorati va malakasini yana bir bor isbotladi. Enter Engineering kompaniyasi uchun davlat rivojiga hissa qoʼshish, jumladan, mamlakatimiz uchun shunday yirik va strategik ahamiyatga ega boʼlgan obyektlarni barpo etish katta sharafdir.