SHАRQ DURDONАSI

16.07.2022
Поделиться:

Samarqand — Buyuk Ipak yoʼlining markaziy chorrahasida joylashgan misoli durdona maskandir! Qadimiy goʼzalligini saqlab kelayotgan ushbu shahar bugungi kunda mahobatli tarixiy obidalari bilan bir qatorda jadal rivojlanayotgan Oʼzbekiston timsoli boʼlgan zamonaviy inshootlarinida oʼz qiyofasida ajabtovur tarzda uygʼunlashtirgan!

Tez orada Silk Road Samarkand Samarqand sayyohlik markazi ushbu qadimi va mudom navqiron kentning tojida porlab turuvchi yana bir durdonaga aylanadi! Eng zamonaviy texnologiyalar asosida qurilgan majmua madaniy, gastronomik, tibbiy va ishbilarmonlik turizmi obyektlarini oʼz ichiga oladi. Xalqaro arxitektor va muhandislar jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur loyiha, hech bir mubolagʼasiz, noyob va Markaziy Osiyoda tengi yoʼq boʼlgan markazlardan biriga aylanadi.

Ajoyib meʼmoriy ansambl 260 gektar maydonda joylashgan boʼlib, jami 1200 ga yaqin xonali 8 nafar jahon standartidagi mehmonxonalar, jamoat joylari, istirohat bogʼi, musiqali favvora, kontseptual restoranlar, qahvaxona va barlar, shuningdek, xalqaro Kongress markazi va «Аbadiy shahar» tarixiy-etnografik bogʼini oʼz ichiga oladi.

Biz Samarqanddagi Silk Road Samarkand sayyohlik markazining barcha diqqatga sazovor joylari va bu ajoyib maskanning bunyod etilishida mahorat va fidoyilik namoyon etgan Enter Engineering kompaniyasi mutaxassislari haqida turkum maqola va reportajlarni sahifalarimizda yoritib boramiz.

 

  

 

 

 
Biz ham tavsiya qilamiz