Qarshi shahrida har yilgi hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Keng ko‘lamli tadbirda neft va gaz, kimyo, elektroenergetika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, shuningdek charm va poyabzal sanoatiga oid 152 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari, xorijiy kompaniyalar va mehmonlar, shuningdek, yirik mahalliy sanoat korxonalari o‘z mahsuloti va xizmatlarini stendlar orqali namoyish etdilar. Ular safida Enter Engineering ham bor.
Ochilish marosimida qatnashchilarning vakillari va mas’ullar shaxslar so‘zga chiqdilar. Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev, o‘z so‘zida jumladan, shunday dedi:
- Bu yilgi yarmarkada, o‘tgan yillardan farqli o‘laroq, butun respublikadan tadbirkorlar va sanoat korxonalari vakillari ishtirok etishdi. Ushbu ko‘rgazma Qashqadaryo uchun ham muhim ahamiyatga ega, u viloyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishiga yordam beradi. Yarmarkada barcha ishtirokchilar uchun ularning darajasi va ishlab chiqarish quvvatidan, qat’i nazar, teng sharoitlar yaratilgan.
PR-departament jurnalisti bilan suhbatda yarmarka qatnashchilari o‘z taassurotlarini bayon qildilar.
«O‘zbekneftegaz» AJ Kooperatsiya aloqalarini lokalizatsiyalash va kengaytirish departamenti boshlig‘i Jamoliddin Umurzoqov:
- Bu ko‘rgazmaga nafaqat mahalliy, balki xorijlik hamkorlarimizni ham taklif etdik. Ularning aksariyati taklifimizni mamnuniyat bilan qabul qildilar. O‘z pavilonimizning bir qismida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning, ikkinchi qismida esa xorijlik ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari namoyish etyapmiz. Ko‘rgazma unda ishtirok etayotgan barcha korxonalar va tashkilotlarning kelgusidagi faoliyati uchun foydali bo‘lishi aniq.
Abduhamid Salomov, «O‘zkimyosanoat» AJ bo‘limi boshlig‘i:
- «O‘zkimyosanoat» AJ ko‘ptarmoqli tashkilot.Biz ishlab chiqarayotgan mahsulotlar sanoat ishlab chiqarishining barcha yo‘nalishlarida, jumladan, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va qurilish industriyasida hamda boshqa sohalarda keng foydalaniladi. Ushbu ko‘rgazma hamkorlarimiz safini yanada kengaytirish, barqaror kelishuvlarga erishish, eng muhimi, bozor ehtiyojini o‘rganish va tahlil qilish imkoniyatini beradi. Bunday miqyosdagi tadbirlari nafaqat alohida tarmoqlar, balki butun respublikaning iqtisodiy taraqqiyoti uchun xizmat qiladi.
Ertaga, yarmarkaning ikkinchi kuni tartibidanseminarlar va turli soha assotsiatsiyalaritomonidan taqdimotlar joy olgan. Shuningdek, tarmoq korxonalari va regional ishlabchiqaruvchilar o‘rtasida o‘zaro kelishuvto‘g‘risidagi memorandumni imzolanishikutilmoqda.