GTL — tarixiy ahamiyatga ega loyiha

16.12.2021
Поделиться:

O‘zbekiston ulkan sarmoyaviy loyiha – Uzbekistan GTL sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha zavodini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Loyihadan ko‘zlangan maqsad – respblikaning tabiiy gazni chuqur qayta ishlash bo‘yicha salohiyatini oshirish, uglevodorodlar importini keskin qisqartirish va mamlakatning energetik mustaqilligini mustahkamlash. Loyihani amalga oshirish doirasida Enter Engineering kompaniyasi bosh pudratchi kompaniyalari konsorsiumi ishtirokchisi sifatida zavodning qurilish-montaj ishlarini bajardi.

2017 yil Enter Engineering qurilish ishlarining faol bosqichiga kirishdi. Qurilish jarayonining eng avj pallasida obyektda 13 mingdan ko‘proq ishchi ishladi. Ishchilarning aksariyat qismi kompaniya tomonidan 8500 kishiga mo‘ljallab barpo etilgan, sport maydonchalari, oshxonalar, kinoteatr va do‘konlarni o‘z ichiga olgan to‘la-to‘kis infratuzilmaga ega turar-joy kompleksida istiqomat qilishdi. Ayni paytda yakuniy montaj va oldindan ishga tushirish ishlariga 6 ming kishi jalb etilgan.

Kompaniya tomonidan quvur diametri 12 mm dan 2400 mm gacha, payvand choki 1 500 000 diametr/dyuymdan ortiq bo‘lgan texnologik quvurlarni qurish va izolyatsiyalash, shuningdek metall konstruksiyalarni bo‘yash va yong‘inga chidamli qoplama bilan qoplash bo‘yicha katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Bundan tashqari, yong‘indan himoyalash choralari ko‘rildi. Bularning barchasi ushbu turdagi obyektlarni qurishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Enter Engineering vazifalari shuningdek 1200 tonnagacha bo‘lgan noyob kranlardan foydalangan holda yirik o‘lchamli uskunalarni o‘rnatish va 100 m3 dan 30 000 m3 gacha bo‘lgan 33 ta rezervuarni o‘rnatishdan iborat bo‘ldi. Qurilish ishlariga umumiy hisobda 945 ta texnika birligi jalb etildi.

Majmua uchun zarur bo‘lgan texnologik jihozlar Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, AQSH, Germaniya, Italiya, Xitoy kabi 21 davlatdagi 126 ta zavodda ishlab chiqarildi.

Enter Engineering kompaniyasining professional va uyushqoq jamoasi loyiha operatori Uzbekistan GTL MJCH bilan hamkorlikda eng yangi texnologiyalar yordamida umumiy qiymati 3,4 milliard dollar bo‘lgan sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik va texnologik jihatdan murakkab loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishga erishdi. Kompleks ishga tushirilgach, bu yerda 3,6 milliard kub metr gaz qayta ishlanadi va undan 1,5 mln tonna yuqori sifatli sintetik suyuq yoqilg‘i, 307 tonnadan ortiq aviakerosin, 724 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi.

Uzbekistan GTL mamlakatning zamonaviy va ekologik toza yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, shuningdek bozorni mahalliy xomashyodan tayyorlangan strategik mahsulot bilan ta’minlashga qodir bo‘lgan dunyodagi eng ilg‘or zavodlardan biriga aylanadi.

 

 
Biz ham tavsiya qilamiz