Mini-futbol: «UGAM KUBOGI – 2022»

14.10.2022
Поделиться:

8 – 9 oktabr kunlari O‘zbekison energetika, neft-gaz sanoati va geologiya sohasi xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi «Ugam» sihatgohining zamonaviy sport maydonida mini-futbol bo‘yicha «UGAM KUBOGI – 2022» musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Turnir doirasidagi bellashuvlarda mamlakatimiz sanoat sohasiga oid korxona va tashkilotlarning, jumladan Enter Engineering, «O‘zbekneftegaz» AJ, «O‘zLITIneftgaz» AJ, «Urganchtransgaz» UK, «Transgazinjiniring» MCHJ, «O‘zikkilamchiranglimetall» ishlab-chiqarish korxonasi va boshqa tashkilotlar, shuningdek «O‘zbektelekom» AK, «O‘zR Markaziy banki», «Ugam» sihatgohi», «RSHTYOIM»ning jami 15 ta futbol jamoalari ishtirok etdi.

Turnirning birinchi kuni bizning futbolchilarimizga «Transgazinjiniring» jamoasi raqiblik qildi. O‘yin juda qizg‘in va qiziqarli kechdi, ikki taym ham «enterchilar»ning yaqqol ustunligi ostida o‘tdi. Futbolchilarimiz ketma-ket raqib darvozasini ishg‘ol qilgan holda o‘yinni 9:0 hisobida ajoyib g‘alaba bilan yakunladilar.

Ikkinchi kun o‘tkazilgan bellashuv jamoamiz uchun murakkab kechdi. «O‘zbektelekom» jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘yin shiddatli hujumlar va raqib darvozasi tomon ajoyib uzatmalarga boy bo‘lsa-da, pirovardda 1:0 hisobi bilan jamoamiz uchun mag‘lubiyat bilan yakunlandi.

Turnirning yakuniy natijalariga ko‘ra «O‘zbektelekom» jamoasi «Urganchtransgaz» futbolchilarini finalda mag‘lub etgan holda birinchi o‘rinni egalladi. «RSHTYOIM» jamoasi esa uchinchi faxrli o‘ringa ega chiqdi. G‘olib jamoalarga turnir kubogi va qimmatli sovg‘alar topshirildi.

Enter Engineering kasaba uyushma qo‘mitasi ham qo‘mita raisi B.Kenjayev boshchiligida mazkur turnirni tashkillashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shdi, shuningdek jamoamiz sportchilarining turnirdagi ishtiroklari uchun homiylik qildi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, bunday musobaqalar yosh mutaxassis xodimlarimiz o‘rtasida sportni targ‘ibot qilibgina qolmay, STTga amal qilish, sportdagi muvaffaqiyatlarini rag‘batlantirishga ham xizmat qiladi. Xususan, navbatdagi turnirning har bir ishtirokchisi bahavo tog‘li hududdagi fusunkor kuz manzarasidan bahramand bo‘lgan va yanada unumli faoliyat uchun kuch-quvvatga to‘lgan hoda ish joylariga qaytdilar.

 

 
Biz ham tavsiya qilamiz