Triatlonni aynan shunday deb atashadi, bu keng ko‘llamli sport poygasi bo‘lib, uning ishtirokchilari uchta - suzish, velosipedda uchish va yugurish bosqichlaridan uzluksiz ravishda ketma-ket o‘tadi. Bir asr oldin Fransiyada paydo bo‘lgan ushbu sport turi hozirda juda mashhur va butun dunyoda ommaviylashgan bo‘lib, 2000 yildan boshlab Yozgi olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan.
Triatlon musobaqalari masofasi va ba’zida intizom turlari bilan bir-biridan farq qiladigan bir nechta formatlarga ega, ular orasidagi eng asosiysi1,5 km masofani suzib o‘tish, 40 km.ga velosipedda uchish va 10 km.ga yugurishdan iborat bo‘lib, «olimpiya poygasi» deb ataladi. 8 va 9 oktabr kunlari Enter Engineering kompaniyasi tomonidan Samarqandda bunyod etilgan «Buyuk ipak yo‘li» turistik markazidagi eshkak eshish kanalida o‘tkazilgan Osiyo kubogi hamda havaskorlar va professionallar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida dunyoning 25 davlatidan 70 nafar sportchi, shuningdek mamlakatimiz sportchilari aynan klassik masofada kuch sinashishdi.
Bellashuvning birinchi kuni Xitoy, Avstraliya, Avstriya, Estoniya, Yaponiya, Luksemburg, Meksika, Ispaniya, Turkiya, Ukraina, AQSH va boshqa davlatlarning mohir triatlonchilari Elite toifasida kuch sinashishdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasidan Alina Hakimova, Aleksandr Kurishov, Arslon Tursunov, Kamron Xo‘jayev va Yuriy Glushkolar ishtirok etishdi. Sportchilarimiz munosib ishtirok etishgan bo‘lishdi, ammo shohsupaga ko‘tarila olishmadi. G‘alabani erkaklar o‘rtasida ispaniyalik David del Kampo, ayollar o‘rtasida esa Xalqaro triatlon federatsiyasi vakili Xeska Tous egallashdi.
Keyingi kun havaskor triatlonchilar O‘zbekiston chempionati doirasida AGE Group, ELITE UZ, RELAY toifalari bo‘yicha bahslashishdi. Bu toifada ikkinchi bosqch bellashuvi jamoaviy estafeta bo‘lib, unga turli sportchilar jalyu etildi. Startga chiqqanlar safida kompaniyamiz vakili bo‘lmish ikkita jamoa – «Enter Engineering» va «Enter Engineering Baza» jamoalari ham bor edi. Birinchi jamoadan Asqar Hamidov (suzish bo‘yicha), Ilyos Temirxonov (velosport bo‘yicha) va Anton Tkachenko (yugurish bo‘yicha), Vildan G‘ofurov (suzish bo‘yicha), Denis Mayorov (velosport bo‘yicha) va Denis Mambetov (yugurish bo‘yicha) – ikkinchi o‘rinni egallashdi.
— Bunday musobaqalar o‘z kuch va salohiyatimizni sinovdan o‘tkazish uchun ajoyib imkoniyatdir, – deydi Ilyos Temirxonov. – Biz maksimal natijani ko‘rsatishga intildik. Ammo ob-havo o‘z ishini ko‘rsatmay qolmadi, natijada suzish masofasi qisqartirildi. Shunga qaramay, jamoamiz minimal dasturni yakunlashga muvaffaq bo‘ldi – umumiy hisobda 11-o‘rinni, erkaklar o‘rtasida esa 20 nafar startchilar orasida 9-o‘rin egallandi. Barcha yigitlar jangovar ruhiyatni namoyon etib, bor kuchlarini ishga solishdi. Kompaniyamizning ikkinchi jamoasi umumjamoa hisobida 14-, o‘z toifasiga ko‘ra esa 11-o‘rinni egalladi.
O‘tgan chempionat Enter Engineering sportchilari uchun yaxshi tajriba maktabi o‘tadi va bizning intilishlarimiz bu ishtirok bilan cheklanmaydi. Istiqbolda Jizzaxda duatlon bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalarida qatnashishni rejalashtirganmiz.