Joriy yilning 12 iyun kuni ERIELL Group tashkil topgan sanaga bag‘ishlangan «ERIELL CUP 2022» an’anaviy mini-futbol turnirining final o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Bir oy davomida shanba va yakshanba kunlari havaskor jamoalar o‘rtasida match o‘yinlari o‘tkazildi.
Bu yilgi chempionat 7 may kuni 17 ta jamoa ishtirokida boshlandi va eng kuchlilar finalga chiqishga muvaffaq bo‘lishdi: ERIELL va Enter Engineering UzGTL 5:3 hisobida faxrli birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egalladi. Uchinchi o‘rin uchun esa ERIELL Burovik va LUKOIL jamoalari keskin kurash olib borishdi. Uchrashuv natijasi 4:1 hisob bilan ERIELL Burovik foydasiga hal bo‘ldi. Mazkur chempionatning eng yaxshi to‘purari sifatida Enter Engineering UzGTL jamoasi o‘yinchisi Doston Mirzayev tan olindi.
Raqib jamoalar orasida juda kuchli tayyorgarlikka ega bo‘lgan futbolchilar mavjudligini inobatga olsak, yigitlarimizning ko‘rsatgan o‘yinidan va erishgan muvaffaqiyatidan benihoya xursandmiz! Barcha jamoalar a’zolari kelasi yili «ERIELL CUP 2023» chempionatida ishtirok etish va o‘z natijalarini yaxshilash istagini bildirishdi.
Tashkilotchilarning faolligi va poytaxtimizdagi futbol maydonida ishqibozlarning shijoati, yetakchi sport sharhlovchilarining jo‘shqin sharhlari va muxlislarning o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlashi tufayli final bosqichi bellashuvlari chinakam TANTANAga aylandi!