«Cho‘qqilarni zabt eting, eng jasurlardan bo‘ling!»

31.05.2022
Поделиться:

Enter Engineering kompaniyasining kasaba uyushma qo‘mitasi shu yo‘nalishdagi eng faol va namunali tuzilmalardan biri sanaladi. Kompaniya xodimlarining professonal, mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini himoyalashdan tashqari, bizning kasaba uyushma tomonidan ishchi-xodimlarni madaniy-ma’rifiy, sport va STTga bag‘ishlangan tadbirlarga jalb etish borasida ham keng ko‘lamli ishlar qilinmoqda. Yaqinda kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi va ko‘magi ostida xodimlarimizdan biri – HSE departamenti «Boysun» doimiy muassasasi MM va XT bosh mutaxassisi Timur Maqsumjonov boshchiligidagi oilaviy jamoasi respublika miqyosidagi sport musobaqasida ishtirok etib, nominatsiyalardan biri bo‘yicha g‘oliblikka erishdi.

20 va 21 maya kunlari Toshkent viloyati Qibray tumanining bahavo maskanida joylashgan «Energetiklar» sihatgohida energetika, nefti, gaz va geologiya sohasi xodimlarining oilaviy jamoalari o‘rtasida sport spartakiadasining final bosqichi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Energetika, nefti, gaz va geologiya sohasi ishchilari kasaba uyushmasi respublika Kengashi tomonidan «Sport – mustahkam oila poydevori!» mavzusida tashkil etildi. Final bosqichiga 13 ta jamoa chiqdi va ularning safida Timur Maqsumjonov jamoasi ham bor edi. Final musobaqalari yugurish, akrobatika elementlari va to‘pni nishonga otish, «Chaqqonlik va merganlik» estafetasi, «Mohir hujumchi», «Ovchilar va quyonlar» o‘yini, «Qaddimizni rostlaymiz, sakrashni boplaymiz» va «Ko‘pkurash» kabi oltita bosqichda o‘tdi. Oilaviy uchlik – Timur, Luiza Korotkina hamda ularning sakkiz yoshli o‘g‘li Daniel barcha bosqichlarda munosib ishtirok etdilar. Ular namoyon etgan chaqqonlik, qat’iylik va uyushqoqlik «Eng inoq oila» nominatsiyasida g‘oliblikni keltirdi.

Biz oilaviy jamoaning har bir a’zosidan o‘z taassurotlarini so‘zlab berishini so‘radik.

Luiza Korotkina: ««Menga tadbirning tashkilotchilik jihati juda yoqdi, tadbirda yoqimli kayfiyat va pozitiv muhit hukm surdi. Kuchli jamoalar bilan bellashish bizga yanada ko‘proq kuch bag‘ishladi. Qolaversa, juda ajoyib odamlar bilan tanishdik, shahar shovqinidan yiroqda, go‘zal tabiat bag‘rida hordiq chiqardik. Men bolaligimdan sportga qiziqib kelaman. 9 yoshimdan 15 yoshimgacha ot sporti bilan, undan keyin yana ancha vaqt yozgi biatlon bilan shug‘ullanganman. Albatta, ayni kunda men asosan farzandlar tarbiyasi bilan mashg‘ulman, ular uchta bo‘lishdi – o‘g‘illarimiz Daniel 8 yoshda, Roman 3 yoshda, qizalog‘imiz Viktoriya endigina yoshiga to‘ldi. Turgan gapki, uy-ro‘zg‘or tashvishlari, kundalik yumushlar ko‘p vaqt va kuchimni oladi, lekin men baribir sport formasini yo‘qotmaslikka harakat qilaman.

Daniel Maqsumjonov: «Hammasi juda zo‘r bo‘ldi, menga juda yoqdi. Kelasi safar yana shunday musobaqaga borishimizni intiqlik bilan kutaman, ungacha yaxshilab shug‘ullanaman va biz mutlaqo g‘olib bo‘lamiz!»

Temurga esa bir nechta savollar berdik:

– Qanday qilib sportchilar oilasiga aylandingiz? Bu sizning birinchi musobaqangizmi?

– Bolaligimdan sportga, xususan, yunon-rum kurashiga mehr qo‘yganman va bu tur bilan jiddiy shug‘ullanganman. Luiza ham yoshligidan sport bilan do‘st tutingan, hatto uch farzandning onasi bo‘lishiga qaramay, u faol hayot tarzidan voz kechmadi va doimiy individual mashg‘ulotlarga vaqt topadi. Daniyel 2 yildan buyon txayekvondo bilan shug‘ullanadi, 3 ta turli darajadagi musobaqalarda qatnashishga ham ulgurdi. Biz ko‘p vaqtimizni bolalarni tarbiyalashga bag‘ishlaymiz, lekin shu bilan birga sport mashg‘ulotlariga ham vaqt topishga harakat qilamiz - yugurish, arqonda sakrash, gimnastika mashqlarini bajaramiz.

Bu bizning oilaviy jamoa sifatida birinchi musobaqamiz bo‘ldi. Undan juda katta taassurotlar bilan qaytdik. Ish, ro‘zg‘ordan biroz chalg‘ib, oilaviy musobaqalarda ishtirok etish boshqacha hissiyotlar baxsh etdi. Chunki u yerda hamma narsa faqat sizga bog‘liq emas, balki yaqinlaringizning qo‘llab-quvvatlashi ham juda muhimdir, chunki siz yaqinlaringiz boshqalar bilan qanday raqobatlashayotganini kuzatasiz va ularni chin dildan qo‘llab-quvvatlaysiz... o‘ylashimcha, ushbu sport festivalining har bir ishtirokchisi ko‘plab ijobiy his-tuyg‘ularni boshdan kechirdi va ruhiy quvvat oldi.

Ayniqsa, ushbu imkoniyatni taqdim etgani va qo‘llab-quvvatlagani uchun kompaniyamiz kasaba uyushma qo‘mitasidan minnatdormiz. Shu ikki kun davomida ta’tilga chiqqandek bo‘ldim va ishga yangi cho‘qqilarni zabt etishga tayyor holda kuch to‘plab qaytdim. Fursatdan foydalanib, barcha hamkasblarimga a’lo kayfiyat va salomatlik tilayman. Iltimos, sport bilan do‘st bo‘ling, yaqinlaringiz uchun o‘rnak bo‘ling, ular uchun sharoit yarating. Barcha cho‘qqilarni, hatto eng yuksak cho‘qqilarni ham zabt etish mumkin, omad doimiy hamroh bo‘lsa bas!

 

 

 
Biz ham tavsiya qilamiz