Brendlarning kiber jangi!

27.05.2022
Поделиться:

 

Enter Engineering xodimlari CAD Corporate Cup Counter-Strike: Global Offensive (CS:GO) korporativ kibersport turnirida ishtirok etishdi. Uni kompyuter uskunalari va IT yechimlari distribyutori distribyutori CA Distributor hamda kibersport portali FRAG.GG birgalikda tashkil qilishdi.

Turnirda Infin Bank, Sarkor Telecom, CAD, M25 (Surhan Gas Chemical Operating Company), Mikrokreditbank, Repost.uz, Insight, HPM, Micros Pak, Humans, IT-Park, Agrobank, TBC Bank, G -shop, Cyberspace, UIC, Uztelecom, SQB Bank, Ipak Yo‘li Bank va boshqa bir nechta yetakchi kompaniyalar vakillari ishtirok etishib, jami 21 ta kompaniya jamoalari o‘zaro bahslashdilar.

Turnirga 14 may kuni start berilib, uch kun davomida sportchilar eng kuchli jamoa nomi uchun kurash olib borishdi. Turnirning har bir o‘yinini tomoshabinlar katta qiziqish va his-hayajon bilan, ko‘z uzmay tomosha qilishdi Enter Engineering jamoasi bunday formatdagi musobaqada ilk bor qatnashib, o‘ziga xos debyut namoyish qildi. Kompaniyamizning Xarid qilish va ta’minot direksiyasi hamda Shartnoma ma’muriyati bo‘limi vakillari – Kamran Yoqubov, Temur Qodirov, Mahmud Sobirov, Shohzamon Valiyev, Mirsulton Siddiqov, Parviz Qayumov, Abdumalik Rahmonovlar ahil jamoa sifatida o‘z kuchlarini sinab ko‘rishdi.

Birinchi bosqichda vakillarimiz «Ipak Yuli» banki ustidan 16-6, 16-3 hisobida g‘alaba qozonishdi. Ammo, afsuski, ular ikkinchi bosqichda «Trust Auto Geeks» jamoasidan 16-8, 16-3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi va turnirdagi ishtiroklarini erta tugatishdi. Bu Enter Engineering o‘yinchilari munosib kurashgan va finalga chiqish uchun astoydil faollik ko‘rsatgan jang bo‘ldi. Natijalardan qat’iy nazar, biz eng yaxshi geymerlarimiz bilan faxrlanamiz va ularga kelajakda katta g‘alabalar tilaymiz!

 
Biz ham tavsiya qilamiz