27 martda poytaxtimizda SHHT xalqaro yarimmarafoni va 4-Toshkent marafoniga start berildi. Ushbu sport musobaqasi poytaxtda bo‘lib o‘tgan SHHT-2022 sammiti doirasida tashkil etildi. Minglab turli yoshdagi marafon ishqibozlari ushbu sport festivalida ishtirok etdilar. Marafonda ishtirok etish istagida bo‘lganlar 3, 10 va 21 kilometrlik 3 xil distansiyada, shuningdek ekiden deb nomlangan 42 kilometrlik marafon distansiyasida estafetali yugurish bo‘yicha o‘z kuchlarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Marafon ishtirokchilari uchun ikki yo‘nalish bo‘ylab harakatlanish yo‘laklari tashkil etildi, bular:
·Afrosiyob va Beshyog‘och (mo‘ljal - Humo Arena) ko‘chalaridan Nukus, Abdulla Qodiriy, Abay ko‘chalari bo‘ylab;;
·Afrosiyob, Sharof Rashidov ko‘chalaridan Islom Karimov nomli va Afrosiyob ko‘chalari bo‘ylab.
Enter Engineering kompaniyasi xodimlari ham ushbu sport bayramida uyushqoqlik namunasini ko‘rsatgan holda qanashdilar. Xodimlarimiz yakshanba tongini marafonning boshqa ishtirokichlari bilan birgalikda Xumo Arena muz saroyi maydonida “Startga! Diqqat! Marsh!” degan xitoblarni kutgan holda qarshiladilar. Musobaqada qatnashgan kompaniyamiz xodimlarining aksariyati 21 kilometrlik distansiyani tanlashgan bo‘lsa-da, uch nafar azamat vakillarimiz o‘z oldilariga 42 kilometrlik ekiden estafetasida qatnashishdek oliy maqsadni qo‘ydilar. Yugurish marafonida munosib ishtirok etgan qahramonlarimiz bilan tanishing:
1. Timur Genjebekov – «Boysun gazni qayta ishlash zavodi qurilishi» loyihasida loyihalashtirish bo‘yicha yetakchi mutaxassis;
2. Andrey Durnev – «Boysun gazni qayta ishlash zavodi qurilishi» loyihasida hujjatlar almashinuvini ta’minlash bo‘yicha bosh mutaxassis;
3. Oleksandr Ostapchuk – «Boysun gazni qayta ishlash zavodi qurilishi» loyihasida rejalashtirish bo‘yicha bosh mutaxassis;
4. Vazgen Karakozov – «Boysun gazni qayta ishlash zavodi qurilishi» loyihasida texnik-ishlab chiqarish bo‘limi yetakchi mutaxassisi;
5. Ilyas Timerxanov – gaz-kimyo loyihalari direksiyasida rejalashtirish va hisobga olish bo‘yicha yetakchi mutaxassis;
6. Oleg Parsegov – «Farg‘ona NQIZ modernizatsiyasi» loyihasi koordinatori;
7. Anton Tkachenko – «Sho‘rtan GKMni kengaytirish» loyihasida inspeksiya nazorati bo‘yicha bosh mutaxassis;
8. Denis Mambetov – Zahiralar va omborlar boshqaruvi departamenti rahbari o‘rinbosari.
Xodimlarimiz sovrinli o‘rinlarni egallamagan bo‘lsalar-da, finish chizig‘ini ajoyib ko‘rsatkichlar bilan bosib o‘tdilar. Belgilangan distansiyaga yugurish kim uchundir umuman qiyinchilik tug‘dirmagan bo‘lsa, kim uchundir oson bo‘lmadi, albatta. Shunisi aniqki, har bir ishtirokchi ushbu tadbirda hukmron bo‘lgan bayramona muhitdan, ishqibozlik ruhidan zavqlandi, kayfiyati ko‘tarildi. Chopqir xodimlarimizning kelajakda shunday musobaqalarda qatnashib, yana o‘z kuchlarini sinash va natijalarni yaxshilash niyatlari bor.