14 noyabr kuni TDYUU sport zalida Enter Engineering hamda boshqa kompaniyalar xodimlari o‘rtasida Kasaba ishchilari kuniga bag‘ishlangan basketbol bo‘yicha «Kasaba uyushmasi qo‘mitasi kubogi» musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
O‘yinlar 3×3 formatida (har bir jamoadan 3 tadan o‘yinchi ishtirokida) tashkil etildi. Kubok uchun 10 ta tarkib kurash olib bordi. Turnirda g‘oliblikni «Neuderjimiye» jamoasi qo‘lga kiritdi, ikkinchi o‘rin GTL Thunder Hosts o‘yinchilariga nasib etgan bo‘lsa, Enter – Hunters jamoasi kuchli uchlikdan joy oldi. Sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan barcha ishtirokchilarga kubok, medal va pul sovrinlari topshirildi.
Pasportlashtirish bo‘yicha mutaxassis Vitaliy Yushkov musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Uch ochkoli sapchish konkursida Mexanizatsiya bo‘yicha direksiya bosh mutaxassisi Timurbek Kuranbayev g‘olib bo‘ldi.
Shuningdek muxlislar orasida turli xil konkurslar bo‘lib o‘tdi, g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Enter Engineering kompaniyasining O‘zbekistondagi vakili Tengko Alfonso Samonte, milliy terma jamoa va MXSK klubi murabbiyi Botir Mirodilov hamda ERIELL prof education o‘quv markazi direktori Yusuf Abdullayev turnirning muhim mehmonlariga aylandi.
Basketbol bo‘yicha «Kasaba uyushmasi qo‘mitasi kubogi» birinchi marta tashkil etildi. Keyingi yillarda ushbu turnirni har yili o‘tkazish rejalashtirilgan.