«Humo arena»da xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘lib o‘tdi

10.11.2021
Поделиться:

5-8 noyabr kunlari Toshkent shahrida yosh xokkeychilar o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. «Humo Arena» muz saroyida O‘zbekiston terma jamoalari (Tashkent Select U-14 va Tashkent Select U-17), Qirg‘izistonning «Alga» va Qozog‘istonning «Tornado» jamoalari shijoatli o‘yin namoyish etishdi.

O‘zbekiston terma jamoalari ishtirokidagi mazkur o‘yinlar tomoshabop va natijalarga boy o‘tdi. «Tashkent Select U-14» jamoasi xokkeychilari to‘rt o‘yinda ikki bora g‘alaba qozonib, raqib jamoa darvozasiga jami 20 ta shayba kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. «Tashkent Select U-17» jamoasi uchta uchrashuvni o‘tkazib, ularning birida raqiblaridan kuchli ekanliklarini isbotlashdi. 17 yoshli xokkeychilar raqib darvozaga 16 marta zarba berishdi.

O‘zbekiston «U-17» terma jamoasi o‘yinchisi Jasurbek Rustamxonov «Tornado» jamoasi bilan bo‘lgan o‘yinda turnirning eng tezkor golini kiritdi (o‘yinning 3-soniyasida) va uchrashuvning eng yaxshi xokkeychisiga aylandi. Jasurbek jahon xokkey yulduzi, 2012 yilda jahon chempioniga aylangan Pavel Datsyukning klyushkasi bilan taqdirlandi.

Mazkur uchrashuvlar O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini 2021-2022 yilda Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tadigan Ochiq chempionat bosqichlarida ishtirok etishga tayyorlash doirasida tashkil etildi.

 
Biz ham tavsiya qilamiz