12 iyun kuni mini-futbol bo‘yicha Eriell Cup – 2021 turniri doirasida yarimfinal o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Finalga chiqish huquqi uchun kurash Enter Uz GTL – Eriell va Burovik - Surxan Gaz jamoalari o‘rtasida kechdi. Barcha jamoalar ajoyib sport formasida edilar va faqat g‘alabani ko‘zlab maydonga tushdilar. Albatta, har qanday bellashuvda bo‘lganidek, bu o‘yinda ham g‘oliblar va mag‘lublar bo‘ldi: ENTER UZ GTL jamoasini 0:3 hisobida yenggan ERIELL Group jamoasi hamda Surhan Gas jamoasini 1:8 hisobida tor-mor etgan Burovik (Qarshi) jamoasi finalga chiqdilar.
13 iyun kuni esa turnirning final bosqichi o‘yinlari o‘tkazildi. Finalga chiqqan har ikki jamoaning muxlislari faol ishqibozlik qildilar. ERIELL Group jamoasi o‘z ishqibozlarini xursand qilishga erishdilar, ya’ni Burovik (Qarshi) jamoasi darvozasini sakkiz marta ishg‘ol etdi va 3:1 hisobi bilan turnir g‘olibi bo‘ldi. Shu tariqa, Burovik (Qarshi) jamoasiga turnirning ikkinchi o‘rini nasib etdi. Uchinchi o‘rin uchun Enter Uz GTL va Surhan Gas jamoalari da’vogarlik qildilar. Qiziqarli kechgan o‘yinda 12:2 gollar nisbati bilan Enter Uz GTL jamoasi g‘olib bo‘ldi va turnirning uchinchi shohsupasini egalladi.