Samarqandda qiziqarli o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi

30.06.2021
Поделиться:

Joriy yilning 23-25 iyun kunlari Samarqand shahrida Enter Engineering kompaniyalari guruhi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi bilan hamkorlikda kompaniyada faoliyat yurituvchi mehnat muhofazasi vakillari, sex kasaba uyushmasi qo‘mitasi raislari malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi.

O‘quv-seminarda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashining Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri Nodira Karimova, O‘zbekiston Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi Halqaro ishlar bo‘limi mudiri Sobirjon Egamberdiyev, Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri Saidnosir Saidmaxmudov, Yuridik bo‘limi mudiri Akmal Begmatov, Enter Engineering kompaniyalari guruhi MM, XT, AMHQ va YHX departamenti boshlig‘i Sherzod Xodjayev, “O‘zatom” AJ atom energetikasi va yadro texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i Qosim Toxtaxunovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

O‘quv-seminar tinglovchilari e’tiboriga “Kasaba uyushmalari tizimida mehnat muhofazasi, saylangan mehnat muhofazasi vakillarining vazifalari va ularning imtiyozlari”, “Korxonalarda xavfsizlik madaniyati, jamoatchilik vakillari ishini tashkil etish”, “Kasaba uyushmasi tashkilotlarida ishlarni rejalashtirish, ish yuritish”, ”Kasaba uyushmalarida doimiy komissiyalar faoliyati”, “Ishga qabul qilingan xodimlarni yo‘riqnomadan o‘tkazish, xodimlarning bilimlarini sinash” kabi mavzularda qiziqarli ma’ruzalar, slaydlar havola etildi.

          Atom energetikasi va yadro texnologiyalari sohasiga oid “Uchinchi darajali atom elektr stansiyalarida xavfsizlik tizimi”, “O‘zbekiston Respublikasida atom elektr stansiyasining qurilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar”, “Baland binolarni qurish va olovli ishlarni olib borishda xavfsizlik texnikasiga rioya qilish” mavzularidagi ma’ruzalar tinglovchilarda ayniqsa katta taassurot qoldirdi.

    O‘quv-seminar doirasida shuningdek, qurilishda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, baland binolarni qurish va olovli ishlarni olib borishda xavfsizlik texnikasiga rioya qilish, ishga qabul qilingan xodimlarni yo‘riqnomadan o‘tkazish, xodimlarning bilimlarini sinash, ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarni tekshirishda mehnat muhofazasi vakillarining roli, N-1 shakldagi formalarni to‘ldirish kabi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

    O‘quv-seminarda ishtirok etgan barcha tinglovchilarga ularning faoliyatlarida asqotuvchi me’yoriy hujjatlar, o‘quv materiallari tarqatildi.

 

 

 
Biz ham tavsiya qilamiz