«Ishimiz aslo zerikarli emas!»

28.04.2022
Поделиться:

28 aprelda Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni nishonlanadi. Bu sana 1989 yildan buyon rasman nishonlab kelinadi va Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) butun dunyoda ish joyida kasallanish va baxtsiz hodisaga uchrash holatlarini bataraf etish masalalariga omma diqqatini jalb etib keladi. XMT har yili ushbu sana uchun muayyan mavzu tanlaydi, bu yil sana mavzusi – mehnat muhofazasida ijobiy madaniyatni shakllantirishda ijtimoiy muloqot hamda manfaatdor taraflarning ishtiroki ahamiyatidir.

Mamlakatimizda mehnat muhofazasi davlat qonunchiligi darajasida mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lib, bu tizim barcha tarmoqlarda, ish beruvchilar, sog‘liqni saqlash idoralari, kasaba uyushmalari qo‘mitalari, jumladan ishchilarning faol ishtirokida ishlaydi. Albatta tegishli me’yorlar, qoidalar va chora-tadbirlar munosib mehnat sharoitlarini yaratish, xavfsizlikni ta’minlash va ishchilar salomatligini asrashda juda katta ahamiyat kasb etadi. Shubhasizki, Enter Engineering da bu yo‘nalish bo‘yicha ham zarur chora-tadbirlar va shart-sharoitlar yaratilgan. Kompaniyada Mehnat muhofazasi, xavfsizlik choralari va atrof-muhit muhofazasi (MMXCH va AMM) departamenti tashkil etilgan bo‘lib, Enter Engineering tomonidan amalga oshirilayotgan har bir loyihada uning bo‘linmalari bor. Loyihalarda ishchilarning xavfsiz sharoitda unumli mehnat qilishi aynan ushbu bo‘linmalarning faoliyati samarasiga bog‘liq. Bugungi sana biz uchun Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bazasida 3-MBF qurilishi loyihasidagi MMXCH va AMM Departamenti bo‘linmasi faoliyati bilan yaqindan tanishishga turtki bo‘ldi. Xususan, ushbu bo‘linma jamoasi loyiha ishchi-xodimlari o‘rtasida bugungi sanaga bag‘ishlab yutuqli o‘yin tashkil etilgan ekan. Suhbatdoshimiz «OKMK bazasida 3-MBF qurilishi» loyihasi MM va XCH bo‘limi menejeri Feruz Jo‘rayev bizga bo‘lim zimmasidagi asosiy vazifalar va yutuqli o‘yin haqida batafsil so‘zlab berdi.

– O‘z faoliyatimizda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, huquqiy-me’yoriy hujjatlari, shuningdek kompaniyamizning lokal tartibdagi aktlari, xususan, ichki mehnat tartibi qoidalariga asoslanamiz. Bu – mehnat muhofazasi, sanoat xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasiga oid tegishli yo‘riqnomalar, qoidalar va me’yorlarga rioya etilishi bo‘yicha kundalik nazoratdan tortib, ishchilarga mehnat shart-sharoiti bo‘yicha belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalar taqdim etilishigacha bo‘lgan masalalarni o‘z ichiga oladi. Bo‘limiz xodimlari yangi kelgan ishchilarni yig‘ib tanishtiruv instruktajini o‘tkazadilar, bu taqdimot materiallarini, videomateriallarni namoyish etish uchun maxsus jihozlangan katta o‘quv sinfida bo‘ladi. Ma’lum vaqt o‘tib, takroriy instruktaj, o‘quvlar tashkil etiladi va xodimning mehnat muhofazasi qoidalariga oid bilimi sinovdan o‘tkaziladi. Shundan keyingina xodim uchun umumiy individual himoya vositalari (IHV), nafas olish a’zolari uchun individual himoya vositalari (NOAIHV) ajratilishiga raznaryadka rasmiylashtiriladi, shuningdek bu vositalarning ishchiga o‘z vaqtida berilishi va ulardan to‘g‘ri foydalanish ham nazoratga olinadi.

Bundan tashqari, biz mehnat muhofazasi va sharoitlarini yaxshilash, to‘siqlovchi texnika, ehtiyotlovchi qurilmalar va boshqa himoya vositalarining qo‘llashga joriy etilishi, mehnat va dam olish vaqtini ratsional tashkillash, texnik uskunalarning ulardan xavfsiz foydalanish me’yorlariga mosligini tekshirish kabi ishlarni bajaramiz hamda zarurat tug‘ilgudek bo‘lsa, yaroqsiz texnikani ekspluatatsiyadan olish bo‘yicha tegishli choralarni qo‘llaymiz. Buyurtmachilar, davlat idoralari belgilagan muddatlarda tegishli hisobotlarni tayyorlash ham bizning zimmamizda.

Shu bilan qatorda, bo‘limimiz xodimlari ish beruvchi nomidan ishchilarni ish joyidagi shart-sharoitlar, shuningdek, ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillardan saqlanish choralari bilan tanishtirib, ishchining sog‘lig‘iga zarar yetgudek bo‘lsa yoki u kasb kasalligi orttirsa, unga tovon puli to‘lanishi uchun hujjatlarni to‘ldirish bilan ham shug‘ullanishadi. Sohamizga tegishli qonun hujjatlariga, me’yoriy hujjatlar va qoidalarga kiritilgan o‘zgartirishlardan ishchilarni xabardor qilamiz, tibbiyot muassasalari, ilmiy-tekshish va boshqa tashkilotlar bilan mehnat muhofazasi masalalari bo‘yicha hamkorlik qilib, uarning tavsiyalarini joriy etishga harakat qilamiz.

Bir og‘iz so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, bizning funksional vazifalarimiz shunchaki zerikarli ishdek tuyulishi mumkin, ammo shuni ishonch bilan aytishim mumkinki, aslida unday emas. Chunki biz har bir xodim bilan goh yakka, goh guruh bo‘lib ishlaymiz. Odamlar bilan muloqot qilish har doim qiziqarli o‘tadi, har kimning qiziqtirgan va javob olishi kerak bo‘lgan savollari talaygina bo‘ladi. Ish joyidagi xavfsizlik bilan bog‘liq masalalarda esa odamlar muhim daqiqalarni "o‘tkazib yubormaslik" uchun instinktiv ravishda uni xavfsiz o‘tishini xohlashadi, bu esa bir yoqadan bosh chiqarib, birga ishlashga undaydi. Axir biz ham barcha ishlab chiqarish jarayonlari o‘rnatilgan me’yor va talablar asosida amalga oshirilishidan manfaatdormiz. Ayni paytda bo‘limimizda 12 nafar xodim ishlaydi. Ular orasida Islomjon Qosimov, Tatyana Padalka, Nargiza Muqimova, Muhsin Ashurov, Navro‘zali Husenov va boshqalarni alohida eslab o‘tishim mumkin, xodimlarimizning har biri o‘z ishini a’lo darajada bajarishga harakat qiladi.

Endi Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan tanlov haqida to‘xtalib o‘tsam. Bu biz uchun ushbu formatdagi birinchi tadbir bo‘lganligi sababli, biz o‘ziga xos ma’lumot tarmog‘ini ishlab chiqdik. Hafta davomida bizning mutaxassislarimiz qurilish obyektlarini monitoring qilish va profilaktik yondashuv asosida ishni tashkil etish, 5 000 000 soatlik mehnat qobiliyatini yo‘qotmasdan (LTI) ishlagan holda MM, TX, AMM maqsadlariga erishgan MTI xodimlarining sa’y-harakatlarini baholashda, har bir namunali xodimga ma’lum bir raqam ostida "HSE SUPER LOTO" kuponi berildi. 28 aprel - Xalqaro mehnatni muhofaza qilish kunida, ertalabki razvod paytida biz g‘oliblarni (eng faol va namunali xodimlarni) aniqladik.

G‘oliblarga esdalik sovg‘alari, suvenirlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari topshirildi. O‘ylaymanki, bunday rag‘batlantiruvchi tadbirlar xodim va ish beruvchi o‘rtasida samarali ijtimoiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, mehnatni muhofaza qilish va texnik xavfsizlik masalalarini tezkorlik bilan hal etishga xizmat qiladi, bu esa ishlab chiqarishdagi jarohatlar va baxtsiz hodisalarni sezilarli darajada kamaytiradi, eng muhimi, ularning oldini oladi. Zero, ish joyida xavfsizlikni ta’minlashning ijobiy madaniyati - rahbariyat hamda xodimlar tomonidan xavfsiz va sog‘lom mehnat muhiti yuqori qadrlanishi va uni ta’minlashga harakat qilinishini anglatadi. Bu yerda har ikki tomonning faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi.

Fursatdan foydalanib, barcha hamkasblarimga, Enter Engineering kompaniyasining minglab ishchi va mutaxassislariga kasbiy muvaffaqiyatlar, omad va baxt tilab qolaman!

 

 

 
Biz ham tavsiya qilamiz