Mehnat muhofazasining eng yaxshi kabinetlari aniqlandi

06.07.2022
Поделиться:

HSE departamenti korporativ boshqarmasi tomonidan eng yaxshi mehnat muhofazasi xonasi tanlovi tashkil etildi. Uning maqsadi kompaniyada amalga oshirilayotgan loyihalarda mehnat muhofazasi va texnik xavfsizlikni boshqarish samaradorligini yanada oshirishdir.

Ammo, tanlov haqida gapirishdan oldin qurilish obyektlarida mehnatni muhofaza qilish o‘quv xonalari va ular nima uchun kerakligi haqida bir oz mulohaza yuritsak.

Mehnatni muhofaza qilish o‘quv xonasi tegishli talablarni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Uning asosiy maqsad va vazifalari qanday? Aslida, ular juda ko‘p. Ammo asosiy “oltin” beshtalik quyidagilardir:

 - mehnat muhofazasi va texnik xavfsizlik talablarini targ‘ib qilish hamda bajarishni ta’minlash;

- xodimlarni mehnat muhofazasi va texnik xavfsizlik bo‘yicha o‘qitish va ularning bilimlarini tekshirish;

- ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni olib borish;

- ish joylarida ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarish, jamoaviy va individual himoya vositalaridan foydalanishning xavfsiz usullarini targ‘ib qilish;

- MM, TX va AMM bo‘limlari xodimlari, hamkorlar va buyurtmachilar o‘rtasida ichki majlislarni o‘tkazish.

Shunday qilib, tanlovni o‘tkazish shartlari va tartibi maxsus nizomda qisqacha keltirilib, umumiy tarqatish va belgilangan dedlaynlar yo‘li bilan HSE loyihalarining barcha bo‘limlariga yetkazilgandi.

Kompaniya ijtimoiy hayotining faol ishtirokchisi bo‘lgan va g‘alaba qozonishga beqiyos ishtiyoqi mavjud quyidagi loyihalardan tanlovga arizalar kelib tushdi: «Samarqand SM», «FNQIZ quvvatlarini modernizatsiya qilish», «Boysun GQIZ», «MBF-3», «UzGTL», «Gazli YEGO», «Qorako‘l bazasi», «Dengizko‘l SQS».

Baholash ko‘rsatkichlari orasida mehnatni muhofaza qilish xonasini ideal ekanini ko‘rsatuvchi barchasi mujassam: texnik jihozlanish, kompaniyaning mehnat muhofazasiga oid barcha me’yoriy hujjatlar va mahalliy normativ aktlar (MNA)ning mavjudligi, turli mavzudagi stendlar, shaxsiy himoya vositalari to‘plami bilan jihozlangan manekenlar. Bir so‘z bilan aytganda, mehnatni muhofaza qiluvchi mutaxassis tomonidan mehnat faoliyati davomida har kuni qo‘llaniladigan barcha narsalar mavjudligi baholandi.

Tanlovning uch nafar g‘oliblarini aniqlash hakamlar hay’ati uchun oson kechmadi, bu juda ko‘p vaqtni talab qildi. Natijada, quyidagilar eng yaxshi deb topildi:

- I o‘rin – “FNQIZ quvvatlarini modernizatsiya qilish” loyihasi ((SMART) televizori);

- - II o‘rin – “Samarqand SM” loyihasi ((LED Portable Projector) ko‘chma proyektor);

- III o‘rin – “3-MBF” loyihasi ((SONY) o‘quv kinoteatri).

Ta’kidlash joizki, hakamlar hay’ati a’zolari har uchala xonalarni va ularning texnik jihozlanganini sinchiklab o‘rganib chiqishdi. Mukofot sifatida ular bir ovozdan mehnatni muhofazaqilish xonasining to‘liq ishlashi uchun yetarli bo‘lmagan jihozni tanlashga qaror qilishdi.

G‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar bilan bir qatorda kompaniyada mehnatni muhofaza qilishni targ‘ib qilish va tanlovdagi faol ishtiroki uchun tashakkurnomalar topshirildi.

Barcha ishtirokchilarga tanlovdagi faolligi uchun minnatdorlik bildiramiz va keyingi safar ular albatta g‘oliblar qatoridan joy olishlariga umid qilamiz!

 
Biz ham tavsiya qilamiz