Ishchilar sog‘ligi – eng muhim resurs

23.02.2022
Поделиться:

Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish – tez-tez uchrab turadigan holat, ayniqsa minglab ishchilari bo‘lgan yirik qurilish obyektlarida. O‘z vaqtida ko‘rsatilmagan tibbiy yordam achinarli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Enter Engineering o‘z ishchilarini xavfsiz ish sharoitlari bilan ta’minlaydi, shu bilan birga kompaniyaning qurilish maydonchalarida maxsus tibbiyot punktlari ham tashkil etilgan.

Samarqand sayyohlik markazi ham bundan mustasno emas. Kompleks hududida tashkil etilgan tibbiyot punkti qurilish ishlarida band bo‘lgan minglab mahalliy va chet ellik ishchilarga xizmat ko‘rsatadi. Bu yerda umumiy amaliyot vrachlari hamda tajribali feldsherlar navbat bilan faoliyat olib borishadi. Shifokorlarga ko‘pincha xavfsizlik texnikasiga rioya qilmasdan jarohat olgan ishchilar murojaat qilishadi. Bu kabi shikastlar inson hayoti uchun xavfsiz bo‘lsada, uning vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotishiga olib keladi.

Samarqand sayyohlik markazining tibbiyot punktida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Biz uchun O‘zbekistonning turizm tarmog‘i rivojiga xizmat qilishi ko‘zlangan ushbu keng ko‘lamli loyihaning amalga oshirilishida o‘z hissasini qo‘shayotgan har bir ishchimizning salomatligi juda muhim.

 

 
Biz ham tavsiya qilamiz