To‘g‘ri ko‘rsatilgan birinchi yordam hayotni saqlab qolishi mumkin

22.04.2022
Поделиться:

Inson hayoti davomida turli xavf-xatarlarga uchraydi. U ishda, uyda, ta’til paytida, yong‘inda yoki ko‘chani kesib o‘tishda va shu kabi turli holatlarda jarohat olishi mumkin. Shunday ekan, insonning har qanday faoliyatini xavfli deb aytishimiz mumkin. Aynan shuning uchun mehnat xavfsizligini ta’minlash va xodimlarning sog‘lig‘ini himoya qilish Enter Engineering kompaniyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Sog‘liqni saqlash xizmati birlamchi tibbiy-sanitar yordam ko‘rsatishda faol xizmat qiladi. Shu orqali barcha xodimlarga xavfsiz mehnat usullari haqida ma’lumotlar taqdim etilib, kasbiy xavf-xatarlarning oldini olishga erishilmoqda. Mehnat muhofazasi bo‘limi vakillari ishtirokida ma’ruzalar, seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

Mazkur o‘quv jarayonlarining asosiy maqsadi, hayot faoliyati davomida xavfsizlikni ta’minlay oladigan, yaqin atrofdagilariga zarur holatda tezkor yordam ko‘rsatishga tayyor bo‘lgan va muammolarning samarali hal eta oladigan bilimli insonlar guruhini yaratishga qaratilgan.

Kompaniyada faoliyat yuritib kelayotgan sog‘liqni saqlash xizmatining tibbiyot xodimlari tomonidan reja asosida har bir loyihada «Mehnat muhofazasi haftaligi» o‘tkazilmoqda. Ushbu o‘quv tadbirlari, ish faoliyatida jarohat olganlarning hayotiy funksiyalarini tiklash va ularning hayoti xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan birinchi yordam ko‘rsatish usullarining barcha bosqichlari bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etishga qaratilgan.

Hozirgi kungacha bir qator treninglar o‘tkazilgan bo‘lib, quyida ularning qisman ro‘yxatini taqdim etamiz:

- «Ovqatdan zaharlanish belgilari va birinchi yordam» (o‘tkazilgan joyi: Imom Al-Buxoriy yodgorligi majmuasi, Samarqand viloyati);

- «Zaharli hasharotlar chaqqan jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari» (o‘tkazilgan joyi: Yoqilg‘i quyish majmuasi (YOQM) hududida qurilayotgan neft mahsulotlarini saqlash va tarqatish terminali, Toshkent sh.);

- «Elektr toki urishi natijasida yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullari» (o‘tkazilgan joyi: «Gazli» yerosti gaz ombori, Buxoro viloyati);

- «Balandlikdan yiqilgan jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari» (o‘tkazilgan joyi: «ENTER STEEL» mashinasozlik zavodi qurilish maydonchasi, Yangiyo‘l sh.);

- «Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnoma» (o‘tkazilgan joyi: Ko‘p tarmoqli tibbiyot majmuasi qurilishi, Toshkent sh.);

- «Ko‘zga begona jism tushganda ko‘rsatiluvchi birinchi tibbiy yordam» (o‘tkazilgan joyi: «MEI» Milliy tadqiqot universiteti, Toshkent sh.);

- «Qon ketish. Qon ketishining turlari. Qon ketishini to‘xtatish usullari» (o‘tkazilgan joyi: Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminali) va boshqalar.

Enter Engineering kompaniyasining sog‘liqni saqlash xizmati bo‘yicha bosh mutaxassis Jonibek Olimov ta’kidlaganidek, tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar jabrlanuvchiga yaqin bo‘lgan har bir kishi birinchi tibbiy yordamni ko‘rsata bilishi va malakali tarzda amalga oshirishga qodir bo‘lishi kerak. Axir, baxtsiz hodisa, falokat, kasallik yoki zaharlanish kabi nohush holatlar sodir bo‘lganda, birinchi navbatda, malakali ko‘rsatiluvchi birinchi yordamni talab etadi.

 
Biz ham tavsiya qilamiz