Masofaviy tibbiyot: zamonaviy tendensiya va istiqbollar

25.05.2022
Поделиться:

18-20 may kunlari Toshkent shahrida «O‘zbekiston nefti va gazi – OGU 2022» 24-xalqaro ko‘rgazma va konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu neft va gaz sanoati mutaxassislari uchun har yili o‘tkaziluvchi eng yirik sanoat tadbirlaridan biridir.

Ko‘rgazma doirasida Rossiya eksport markazining jamoaviy stendida sanoat masofaviy sog‘liqni saqlash sohasida minglab amalga oshirilgan loyihalarga ega bo‘lgan Korporativ tibbiyot markazi (Tomsk) — xalqaro tibbiy kompaniyalar guruhi vakillari ishtirok etdi. Ular olis maskanlarda tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha o‘z malakalarini, xususan, tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq ta’lim olishlarini namoyish etishdi.

Shuningdek, 18 may kuni «Masofaviy tibbiyot. Zamonaviy tendensiyalar va istiqbollar» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Markaz bosh direktori S.A. Antipov mazkur tadbirga moderatorlik qildi. «Masofaviy tibbiy yordam instituti» uyushmasi, «Korporativ tibbiyot markazi» va «Lukoyl Uzbekistan Opereyting Kompani» kompaniyalar guruhi vakillari dolzarb mavzularda ma’ruzalar taqdim etdilar.

Markaz xodimlari, xususan, ishlab chiqarish obyektiga, borish qiyin bo‘lgan chekka hududlarga biriktirilgan aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish, jumladan sanoat va ishlab chiqarish obyektlarida faoliyat ko‘rsatuvchi tibbiyot xodimlarini tayyorlash va tibbiyot vositalarini kompleks boshqarish tizimini yaratishga oid ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdilar.

Davra suhbatida Enter Engineering kompaniyasi vakili sifatida sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i M.M. Abdurahmonov, sog‘liqni saqlash bo‘yicha bosh mutaxassis Yu.N. Tursunova va Olmaliq TMK tibbiyot punkti feldsheri G.M. Mo‘minovalar ishtirok etishdi.

Tadbir yakunida chekka hududlarda aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish, O‘zbekiston demografiyasi va davlat siyosatining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan aholi salomatligini muhofaza qilishga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.

 

 

 
Biz ham tavsiya qilamiz