Elektr bilan ishlashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish qurilish maydonidagi xodimlar ishining zarur elementidir. Har bir mutaxassis nafaqat qoidalarni bilishi, balki elektr tokidan shikastlanish holatlarida birinchi yordam ko‘rsatish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Samarqanddagi «Buyuk ipak yo‘li» sayyohlik markazi hududidagi sog‘liqni saqlash bo‘limi mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan navbatdagi trening aynan shu mavzuga bag‘ishlandi. Bunday tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad Enter Engineering kompaniyasining har bir xodimini birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlanishdan iborat.
— Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda kompaniyaning har bir xodimi birinchi yordam ko‘rsatish malakasiga ega bo‘lishi juda muhimdir, – deydi feldsher Zavqiddin Xalilov. — Mashg‘ulotlar davomida xodimlarga turli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qilish va chora ko‘rish, jabrlanuvchiga dastlabki yordam ko‘rsatish va sog‘lig‘iga yetishi mumkin bo‘lgan zararni imkon qadar kamaytirish usullarini o‘rgatamiz. Biz, birinchi navbatda, elektr tokining insonga ta’sirini darhol to‘xtatish kerakligini, hayotiy funksiyalarni tiklash uchun nima qilish lozimligini tushuntiramiz.
Nazariy materialni yaxshi o‘zlashtirish uchun bo‘lim mutaxassislari elektr jihozlari bilan xavfsiz ishlash qoidalari va profilaktika choralarini aniq ko‘rsatadigan illustrativ materiallardan foydalanadilar.
— Ba’zi hollarda, ochiq elektr simlariga teginish yoki nosoz asbobdan foydalan oqibatida elektr toki urishi holatlari ko‘p uchraydi, – deydi Z. Halilov. — Mashg‘ulotlarda trening ishtirokchilariga avariya sodir bo‘lgan joyni tez va xavfsiz tarzda energiya ta’minotidan uzish, jabrlanuvchini izolyatsiya qilish va unga zarur yordam ko‘rsatish sodda va tushunarli tarzda o‘rgatiladi.
Ishtirokchilar xavfsizlikka qat’iy rioya qilish asoslarini o‘rgandilar, maxsus jihozlar va qo‘lbola buyumlardan to‘g‘ri foydalanish – tananing yalang‘och qismlariga tegmaslik, nam mato va poyafzaldan foydalanmaslik ko‘rgazmali tarzda namoyish etiladi. Shuningdek, shikastlangan odam tanasida to‘liq dielektrik bo‘lgach, shikastlanish darajasini aniqlash va shunga mos yordam ko‘rsatish usullari, jumladan nafas olish holatini yengillashtirish (kamarni, yoqa tugma yoki bog‘ichlarini yechish, tor kiyimlardan tanani bo‘shatish, toza havo bilan ta’minlash) kabi harakatlardan keyin ham jabrlangan odamda hayot belgilari bo‘lmasa, darhol sun’iy nafas oldirish va yurakni yopiq massaj qilish ko‘rsatib beriladi. Shu bilan birga, odamni issiq kiyim, yengil ko‘rpa yoki isitish yopinchig‘i bilan isitish ham kerak. Ushbu choralar tez yordam yetib kelgungacha ko‘riladi.
Trening mashg‘uloti tibbiyot mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.