
Uzbekistan GTL - Oʼzbekistonning tabiiy gazni chuqur qayta ishlash boʼyicha quvvatini kengaytirish, uglevodorod xomashyosi importini tubdan qisqartirish, shuningdek mamlakatning energetik mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan yirik investitsion loyihadir. Ushbu loyiha haqida cheksiz gapirish mumkin, chunki boʼlajak zavodning qurilishi va faoliyati juda qiziqarli faktlarga boy.