Fitch reyting agentligi Enter Engineeering kompaniyasining kredit reytingini «B+» darajasida tasdiqladi

04.11.2021
Поделиться:

Enter Engineering oʼzining amaldagi biznes strategiyasini amalga oshirish uchun toʼliq moliyaviy imkoniyatga ega ekanini tasdiqladi.

 

Xalqaro kapital bozorlari uchun tahlil va tadqiqotlar boʼyicha jahonda yetakchilardan biri boʼlgan Fitch Ratings reyting agentligi kompaniyaning kredit reytingini «B+» darajasida tasdiqlagani, bu prognoz «barqaror» ekani haqida xabar bermoqda.
Fitch agentligi, shuningdek quyidagilarni eʼtirof etgan:
• soʼnggi yil davomida Enter Engineering bajariladigan shartnomalar hajmini (yaʼni, yakunlanishi talab etiladigan ishlar narxini) 4,4 mlrd АQSh dollaridan 4,9 mlrd АQSh dollarigacha oshirdi, bu esa «kompaniyaning mahalliy bozordagi oʼz ishtirokini yanada mustahkamlagani» bilan bogʼliq; 
• ishlarning umumiy shartnomaviy hajmi oshishi Enter Engineering kompaniyasini daromadlar va kelgusidagi pul oqimlari bilan taʼminlaydi, shuningdek nisbatan yirik boʼlgan xalqaro tashkilotlarning xuddi shunday koʼrsatkichlari bilan taqqoslashga loyiq natijalarni taqdim etadi; 
• shuningdek, Enter Engineering «maʼqullanish uchun katta imkoniyat» doirasida ishlab chiqilayotgan loyihalarga koʼra, doimiy ish hajmiga ega. Fitch ning taʼkidlashicha, «bu Enter Engineering ning mahalliy bozordagi yetakchilik mavqeini mustahkamlaydi va baʼzi shartnomalarning diversifikatsiyasini taʼminlaydi». 
Fitch taxminicha, Enter Engineering 2022-yilda yangi aylanma kapital oqimiga ega boʼlishi kutilmoqda va Enter Engineering loyihalari portfelining kengayishi «aylanma mablagʼlarning oʼzgaruvchanligini cheklashi kerak». Bu «qarz yuklamasini solishtirilayotgan kompaniyalar guruhidagidan kamroq darajaga olib kelish imkonini beradi». 
Fitch Enter Engineering daromadi 2021 dan 2024-yilgacha oʼrta hisobda 12 %ga oʼsishini bashorat qilmoqda, shu oʼrinda, bunda EBITDA ning rentabellik bashorati 2024 yilga kelib 12 % atrofida saqlanib qoladi.
Umuman olganda, Fitch ning xulosasiga koʼra, Enter Engineering ning moliyaviy profilini «mustahkam» deb taʼriflash mumkin.
Enter Engineering joriy biznes strategiyasini amalga oshirish uchun mahalliy va xususiy moliyalashtirish manbaalaridan yetarlicha foydalanish imkoniyatiga egaligini va yaqin kelajakda kapital bozorlariga kirishni rejalashtirmaganini alohida taʼkidlaydi. Buning natijasi oʼlaroq, kompaniya Fitch ning ochiqlangan reyting qarorini qaytarib olishga qaror qildi.

 

Biz ham tavsiya qilamiz