Bolalar xavfsizligi – kattalar majburiyati!

31.01.2022
Поделиться:

28 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasida #Harakatlanish_madaniyati_uchun xeshtegi ostida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Aksiyada ikkinchi o‘rinni egallagan Enter Engineering kompaniyasi faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi tomonidan aholi o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligini targ‘ib qilish maqsadida ##Yo‘llarda xulq-atvor_madaniyati uchun uchun xeshtegi ostida eng yaxshi chellenj uchun tanlov e’lon qilindi. Aksiya keng jamoatchilik e’tiborini tortdi, unda oddiy aholi bilan bir qatorda yirik kompaniyalar, davlat tashkilotlari, shou-biznes vakillari va blogerlar ham ishtirok etdi. Tanlovning asosiy sharti – yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish qanchalik muhimligini ko‘rsatish.

Enter Engineering kompaniyasi tomonidan tayyorlangan Amir Davrishev, Rinad Kuyshibayev va Umar Shuhratov ishtirokidagi «Bolalar xavfsizligi - kattalar mas’uliyati!» videoroligi tanlovda faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.

 28 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasida aksiya g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. G‘oliblarga faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Enter Engineering kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBBning yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi va o‘z hamkoriga tanlov doirasida berilgan yuksak baho uchun minnatdorchilik bildiradi. Ishonchimiz komilki, biz birgalikda mamlakatimiz yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga hissa qo‘shishimiz mumkin!

 
Biz ham tavsiya qilamiz