«YOSHLIK-1» koniga press-tur

13.08.2021
Поделиться:

29 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) «Yoshlik-1» koniga tashrif buyurgan va uning doirasida davlatimiz rahbari 3-misni boyitish fabrikasi qurilishi boshlanishi munosabati bilan birinchi g‘ishtni qo‘yish marosimi ham bo‘lib o‘tgandi.

Ushbu tadbir keng yoritilgach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan yangi misni boyitish fabrikasiga press-tur uyushtirilib, unda milliy OAVning o‘ttizdan ortiq vakillari ishtirok etdilar.

Sergey Pashkin, 3-MBF loyihasi rahbari: «Olmaliqdagi 3-misni boyitish fabrikasi qurilishi O‘zbekiston Respublikasi uchun muhim voqelik va katta yutuqdir. Fabrika yiliga 60 mln. tonna rudani qayta ishlash, mis va molibden konsentratini ishlab chiqarish, ichki bozor uchun misni ishlab chiqarish hajmini oshirish, OKMKning eksport salohiyatini kengaytrish va 3000 dan ortiq qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi. Bu haqiqatdan keng miqyosli qurilish bo‘lib, Markaziy Osiyo hududida ushbu fabrikaning muqobili yo‘q, ekspluatatsiya boshlangach esa bu inshoot barcha ishlab chiqarish jarayonlari yuqori darajada avtomatlashtirilgan eng mukammal va zamonaviy boyitish majmuasiga aylanadi».

Aziz Murodov, Boyitish majmuasi loyihasi ofisi Bosh muhandisi: «OKMKdagi 3-misni boyitish fabrikasi qurilishida Markaziy Osiyo va Rossiya bozorida sanoat obyektlari qurilishi bo‘yicha yetakchi hisoblangan Enter Engineering (YeЕ) hamda Gazprombankning mashinasozlik bo‘limi korxonalari - «Uralmashzavod» YOAJ (UZTM, UZTM-KARTEKS)dan iborat Konsorsum tomonidan bajariladi. Loyiha asosida «Uralmashzavod» va Enter Engineering kompaniyasi ushbu fabrikani “kaliti bilan” topshirish shartiga ko‘ra hamkorlikda bunyod etadilar. Obyektni loyihalashtirish va qurish ishlari Enter Engineering tomonidan bajariladi. Ural og‘ir mashinasozlik zavodi obyektni texnologik asbob-uskunalar bilan to‘liq ta’minlaydi. UZTM-KARTЕKS 3-MBF uchun 100 ta texnika birligini, shu jumladan yirik hajmli tegirmonlar, maydalovchi-ko‘tarma uskunalar, o‘rta kattalikda maydalash uchun konussimon madalagichlar, presslab-kesuvchilar, turli elaklar, 300 kub hajmli flotatsiya mashinalari seksiyalari va boshqa uskunalarni yetkazib beradi».». 

Ayni kunda qurilish ishlari boshlangan. «Yoshlik-1» konida rudani yillik qayta ishlash hajmi 60 tonnani tashkil etgani holda, 160 ming tonnadan ortiq mis tarkibli mis konsentrati va yiliga 160 ming tonna mis, 600 tonna molibden, 15 tonnadan ortiq oltin, 72 tonnadan ortiq kumush hajmidagi tayyor mahsulot ishlab chiqariladi. Shu bilan birga zamonaviy texnologiyadan foydalanish hisobiga misni ajratib olish 85 % foizni tashkil etadi.

Bundan tashqari, bunyod etilayotgan 3-MBFda foydalaniladigan kombinatsiyalangan usulda boyitish - oltinni sorbsion (sianirlash) ishqor bilan yuvish orqali mis flotatsiyasini amalga oshirish kombinat uchun mutlaqo yangi usul hisoblanadi.

Yangi fabrika tarkibida rudani yirik va mayda parchalash, o‘rtacha va mayda parchalash korpusi, maydalash, flotatsiyalash va suvni haydash bo‘linmalariga ega asosiy korpus, gidrometallurgiya sexi, omborlashtirish maydoni va tayyor mahsulotni ortish, mexanik-ta’mirlash ustaxonalari, chiqindilarni boshqarish xo‘jaligi va boshqalar bo‘ladi.

900 ming tonna tayyor mis konsentrati misni eritish zavodiga konveyr tasmalar orqali ortiladi, har yili 1500 tonna hajmli molibden konsentrati avtotransportlar vositasida tashib ketiladi, tashlab yuboriladigan chiqindilar esa – nasos vositasida tortib olinadi va 2830 Ga maydondagi chiqindilarni saqlash joyiga yig‘iladi.

Yangi boyitish fabrikasidagi barcha texnologik jarayonlar to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, bu ularga inson faktori ta’sirini kamaytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish, shuningdek avariya holatlarini kamaytirish imkonini beradi.

3-MBF qurilishi uchun 196 Ga hajmdagi maydon ajratilgan, bu yerda hozirgi kungacha quyidagi ishlar bajarildi:

·     tog‘ massasini vertikal tarzda rejalashtirish uchun burg‘ulash-portlatish ishlarini bajarish orqali o‘yish - 3820 tis. m3;

·     tog‘ jinsidan iborat o‘yib yasalgan balandlik – 913 tis. m3;

·     portlatish ishlarini olib borish uchun quduqlarni burg‘ilab ochish – 274 tis. p.m;

·     muhandislik-geologik qidiruv ishlarini olib borish uchun quduqlarni burg‘ilab ochish – 5990 p.m.

Obyekt qurilishiga 13000 ga yaqin ishchi kuchi va 1000 ta maxsus texnika birligi jalb etiladi. Enter Engineering Kompaniyalari guruhi ayni kunda yerda bajariladigan ishlarni 150 ta maxsus texnika birligi vositasida amalga oshirishga kirishgan va parallel ravishda ishchi-xodimlar yashaydigan 6000 ming o‘rinli vaxta shaharchalari qurilishi ketmoqda. Bunyodkorlikning hozirgi bosqichida ishchi-mutaxassislar uchun 1500 o‘rinli turar-joy va kunu tun ovqatlanish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga mo‘ljallangan alohida binolar bunyod etilgan. Shuningdek, Enter Engineering mahalliy aholi orasidan ishchi-mutaxassislarni ishga qabul qilmoqda, keyingi 2 oy mobaynida 500 dan ortiq kishi ishga qabul qilindi.

 

 
Biz ham tavsiya qilamiz