Enter Engineering oʼzining maxsus texnika parkini toʼldirmoqda

12.04.2022
Поделиться:

Enter Engineering kompaniyasi bugungi kunda chinakam ulkan loyiha – Olmaliqdagi misni qayta ishlash majmuasi (3-misni boyitish fabrikasi (MBF-3)) va fabrika infratuzilmasi obyektlarini barpo etish ustida ishlamoqda. Korxona katta hajmli qurilish jarayonlarini oʼz ichiga oluvchi bu qurilishni eng qisqa muddatlarda yakunlashni oʼz oldiga maqsad qilib qoʼygan. Qurilish bosqichlaridagi jarayonlar uzluksizligi chidamli texnika vositalaridan foydalanishni talab etadi. Аynan chidamlilik sohada qoʼllaniladigan texnika vositalariga qoʼyiladigan asosiy talabdir.

Yaqinda Enter Engineering OKMK MBF-3 loyihalari maxsus texnika parkini yanada boyitishga erishdi. Samosvallar (oʼziagʼdargich yuk mashinalari)ga yuk ortish uchun «Xuzhou Construction Machinery Group Imp. & Exp.Co.Ltd» yetkazib beruvchidan 15 dona XCMG XE 700 markali, choʼmich sigʼimi 4 m3 ga teng gidravlik ekskavatorlar xarid qilindi, shuningdek 40 dona choʼmich sigʼimi 6,5 m3 li boʼlgan ekskavatorlarni xarid qilish rejalashtirilgan.

ДYer qazish ishlarini bajarish uchun Shantui Construction Machinery Co., Ltd kompaniyasining 4 ta SD60 markadagi, ogʼirligi 70 tonnali, tuproq uyish hajmi 18,5 m3 ga teng oʼrmalovchi zanjirli buldozerlar sotib olindi. Shuningdek, istiqbolda xuddi shu markadagi buldozerlardan yana 30 dona xarid qilinadi.

Katta hajmdagi yuklarni tashish uchun Sany International Development Ltd. yetkazib beruvchidan 150 dona SKT105S modelli, yuk koʼtarish quvvati 72 tonnaga va kuzovining geometrik hajmi esa 35-44 m3 ga teng, umumiy ogʼirligi 105 tonnalik togʼ-kon samosvallarini sotib olish rejalashtirilgan.

Xarid qilingan texnika vositalari MOF-3 loyihasiga yetkazib keltirildi. Maxsus texnikani tanashda asosiy eʼtibor ularning universalligi, bir texnika vositasida turli ishlarni bajarish imkoniyati mavjudligiga qaratildi. Texnika vositasining koʼp funktsionalligi yonilgʼi sarfini sezilarli tarzda tejash imkonini beradi.

- «Tanlovimiz bejizga XCMG, SHANTUI va SANY foydasiga boʼlgani yoʼq, — deya qayd etdi MD Texnik tayyorgarlik boʼyicha boshqarma boshligʼi Xurshid Ikromov. — Maʼlumki, Xitoyda ishlab chiqarilgan maxsus transport vositalari ayniqsa ishonchli sanaladi va koʼp yillar davomida sifatli ishlaydi. Biz doimo kompaniyamizning transport parki samaradorligini oshirishga intilamiz, mazkur xaridimiz qarorimiz qanchalik toʼgʼri ekanligidan dalolatdir. Ishonchim komilki, yangi yuk mashinalari bilan ishlash qurilish jarayonlari natijalariga ijobiy tasir koʼrsatadi».

 

Xilola АBDULXАYEVА

 
Biz ham tavsiya qilamiz