YoQM-1/YoQM-2: barcha ishlar grafik boʼyicha va oʼz muddatida bajarilmoqda

29.04.2022
Поделиться:

2021-yilda Toshkent xalqaro aeroportida samolyotlarga xizmat koʼrsatish uchun yangi yoqilgʼi quyish majmuasi (YoQM-1) qurib bitkazilib, ekspluatatsiyaga topshirilgan edi. Ushbu loyiha buyurtmachisi «SANOAT ENERGETIKA GURUHI» MChJ xorijiy korxonasi, bosh pudratchi – Enter Engineering kompaniyasi boʼldi.

YoQM-1 qurilishidan koʼzlangan asosiy maqsad milliy aviatashuvchi bilan bir qatorda boshqa chet el aviakompaniyalari havo kemalarini ham aviayoqilgʼi bilan uzluksiz taʼminlash edi. Аyni kunda ushbu obyektda xalqaro miqyosda parvoz qiluvchi havo kemalarini yoqilgʼi bilan toʼldirish ishi qizgʼin davom etmoqda.

Majmuaning umumiy maydoni – 6,56 gektarga teng. Ishlab chiqarish uchun ajratilgan hududda qator binolar va inshootlar joylashgan boʼlib, ular ushbulardan iborat:

- rezervuar parki RVS-5000 (avariyaga oid 2 dona), RVS-2000 (sarflanuvchi, 4 dona);

- aviayoqilgʼini nasosli-filtrlovchi 8 nasosli maydon;

- 8 m3, 25 m3 va 40 m3 hajmlardagi drenaj idishlari;

- yuqori va quyi chiqarish qurilmalariga ega boʼlgan chiqarish-quyish t/y estakadasi.

Shuningdek, yordamchi inshootlar joylashgan hudud nazarda tutilgan boʼlib, unda quyidagilar mavjud:

- maʼmuriy-maishiy korpus;

- mexanik-taʼmirlash ustaxonasi;

- yongʼinga qarshi kurashish uchun moʼljallangan nasos stantsiyasi;

- yongʼinga qarshi kurashishda t/y orqali foydalanish uchun moʼljallangan, truboprovod bogʼlamiga ega boʼlgan rezervuarlar (V-1000 m³, 2 dona);

- ishlab chiqarish-yogʼingarchilik oqava quvurlarini tozalash inshootlari;

- komplektlangan transformator nimstantsiyasi;

- avariyaga oid dizel elektrostantsiyasi;

- yongʼin-qutqarish deposi va boshqalar.

Bundan tashqari, yoqilgʼi qazilmalarni tejashga boʼlgan ehtiyojni uzluksiz qondirish uchun Enter Engineering kompaniyasi tomonidan YoQM-1 hududida bunyod etilayotgan neft mahsulotlarini saqlash va taqsimlash boʼyicha terminal (YoQM-2) ham deyarli bitish arafasida (qurilish ishlari soʼnggi bosqichda). Bu obyektning maydoni 4,88 gektarga teng boʼladi.

Аyni paytda hududni obodonlashtirish, muhandislik tarmoqlarini sinovdan oʼtkazish, shuningdek, metall konstruktsiyalar va PVR poʼlat vertikal rezervuarlarni zangdan himoyalash boʼyicha ishlar qizgʼin olib borilmoqda. Loyihani amalga oshirish ishlariga 286 nafar ishchi-xodim va 46 ta texnika birligi jalb etilgan. Qurilish ishlari boshlangandan buyon, aprel oyi holatiga koʼra EPC boʼyicha joriy jarayon 79 foizni tashkil etmoqda. Yaʼni, barcha qidirib topish va loyihalash ishlari 97 foizga; rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish uchun zarur materiallar va uskunalarni tanlash hamda xarid qilish boʼyicha ishlar 65 foizga; barcha qurilish, yigʼish ishlari esa 75 foizga bajarilgan.

YoQM-2 ning barcha nimobyektlaridagi ishlab chiqarish ishlari belgilangan grafik boʼyicha, oʼz vaqtida bajarilmoqda.

 

 
Biz ham tavsiya qilamiz