MBF-3 loyihasida ruda tayyorlash majmuasi (tegirmon)

08.06.2022
Поделиться:

MBF-3 loyihasida oʼn ikkita noyob tegirmon bloklari qurilishi rejalashtirilgan, bugungi kunda tegirmonning ilk bloki uchun poydevorni quyish ishlari boshlangan. 2022-yilning iyun oyi oxiriga kelib, toʼrtta poydevor blokidan uchtasi qurib bitkaziladi. Ushbu toʼrtta blokning poydevori uchun rekord miqdordagi – 20 000 m3 beton qorishmasidan foydalaniladi.

Ushbu inshootni qurishdan asosiy maqsad maʼdanlarni parchalash va keyinchalik boyitish maqsadida ularni maydalash va tayyorlashdan iborat. Tegirmon kelajakda yarim maydalash texnologiyasiga ega boʼlgan ruda tayyorlash majmuasiga aylanadi va yer osti konidan dagʼal maydalangan ruda u orqali «vanna» deb ataladigan hududga oʼtadi.

Rudaning shartli «uni» misning rudadan ajralishi uchun ushbu vannaning reagentlari orqali oʼtadi, yaʼni boyitish jarayoni amalga oshiriladi. Keyin esa tekshiruv orqali sinflashtirilgach maydalangan mahsulot qoldiq omboriga yuboriladi, u yerda material yanada boyitiladi, chunki uning tarkibida hali boshqa foydali elementlar saqlangan boʼladi. Shu sababli boʼlajak tegirmon, keyingi boyitish jarayonining tezligi va samaradorligini belgilab beradigan asosiy bosqichga aylanadi.

Qurilish ishlariga 2022-yilning yanvar oyida start berildi. Ushbu uchastkada quyidagi ishlar amalga oshirildi: burgʼilash, portlatish va tuproq-qazish ishlari (kotlovan qazish, yerni qayta toʼldirish). Аprel oyining oxirida konstruktorlarni qurish ishlari boshlandi, shuningdek, poydevor karkasi temirlar bilan mustahkamlandi. Mazkur vazifa 3 hafta davomda uddalandi hamda buning uchun 900 tonna yuqori sifatli temir sarflandi. Karkasni qurib bitkazish ishlariga katta kuch va zaxiralar jalb qilindi.

Shu bilan birga, har kuni 20 ga yaqin texnika, shu jumladan, 6 ta avtokran va bitta minoraviy kran uzluksiz ishlab turdi. Ishlar 3 smena tartibida tashkil etilib, qurilish maydonida uch yuzga yaqin quruvchi jonbozlik koʼrsatib mehnat qildilar. Poydevor qurilishida 5 ta beton nasos, 35 ta qorishtirgich va 3 ta beton agregati qoʼllandi. Tegirmon qurilishida eng ogʼir agregatlardan foydalanilayotgani bois u yerga eng soʼnggi rusumli 25 tonnalik ikkita kran oʼrnatildi. Bu kabi kranlar Enter Engineering qurilishi tarixida hali biron marta qoʼllanilmagan.

Tegirmon poydevori uchun beton quyish jarayoni 29-aprel kuni boshlangan edi. Tegirmon poydevorining umumiy uzunligi 250 metr, kengligi 26 esa metrni tashkil etadi. Joriy yilning iyun oyida uchta poydevorni qurib bitirish rejalashtirilgan. Toʼrtinchi blok qurilishi esa iyul oyida yoʼlga qoʼyiladi.

Enter Engineering mutaxassislari tomonidan amalga oshirilayotgan barcha qurilish ishlari qatʼiy texnik standartlarga muvofiq ravishda amalga oshirilib, qurilishning har bir bosqichi texnik nazorat xizmati tomonidan tekshirib borilmoqda, bu oʼz oʼrnida inshootning sifati va mustahkam bunyod etilishini kafolatlaydi.

 
Biz ham tavsiya qilamiz