Burg‘ilash dastgohi – burg‘ilash ishlari asosi

15.06.2022
Поделиться:

Ma’lumki, har qanday skvajina qudug‘ini burg‘ilash ishlarida burg‘ilash dastgohi muhim ahamiyat kasb etadi. Qozog‘iston bilan chegaradosh hududdagi G‘arbiy Orol dengizida («Yuksalish-1» loyihasi) burg‘ilash uchun mo‘ljallangan ZJ90 burg‘ilash dastgohi 2022 yilning 2 mart kuni 102 ta maxsus vagonda Qo‘ng‘irot stansiyasiga keltirilgan edi. Uning og‘irligi qariyb 2736 tonnani tashkil etadi!

Dastgohni manzilga yetkazib berish ishlari Enter Engineering, EMS va ERIELL Group tomonidan amalga oshirilgan. Ushbu maqsadlar uchun 10 ta og‘ir trallar (40-60 tonna yuk ko‘taruvchi), 15 ta 12 metrli yarim tirkama, 5 ta avtokran (50-60-30 tonna yuk ko‘taruvchi) ajratilgan.

Konstruksiyani Qo‘ng‘irot stansiyasidan «Yuksalish-1»ga o‘tkazish jarayoni ushbu yilning 29 aprelida yakunlandi. Buning uchun 153 marta maxsus parvoz bajarildi. Manzilga qadar, ya’ni Qo‘ng‘irot stansiyasidan G‘arbiy Orolgacha bo‘lgan masofaning bir tomoni – 350 km. Shundan 230 km.lik masofa yurib bo‘lmas yo‘ldan iborat.

Burg‘ilash dastgohini o‘rnatish uchun kirish yo‘lagi (to‘shama uzunligi 5 km, kengligi 6 metr, qalinligi 50 sm) va maydon (o‘lchami 130*150 metr, balandligi 1 metr) tayyorlandi. 2022 yilning 5 fevralida burg‘ilash dastgohi ishga tushirildi. Yo‘l uchun 15 ming kub, maydon uchun 19,5 ming kub tuproq sarflandi. Dastgoh karerdan 50 km masofada joylashgan. O‘rnatish ishiga 44 ta texnika birligi, xususan, samosvallar, ekskavatorlar, buldozerlar, kichik mexanizatsiya mashinalari, suv tashuvchi va boshqa ko‘plab texnikalar jalb qilindi.

Dastgohni o‘rnatish uchun maydonni tayyorlash ishlari Enter Engineering kompaniyasi mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi, ish uchun barcha zarur jihozlari esa Kompaniyalar guruhi TK Transport kompaniyasi tomonidan taqdim etildi. Mazkur loyihada dastgohdan 21 maydan buyon foydalanib kelinmoqda. Rejalashtirilgan burg‘ilash chuqurligi – 6 ming metr! Agar hamma jarayonlar rejaga muvofiq amalga oshirilsa, unda bu belgini 9 ming metrgacha oshirish rejalashtirilgan!

Postsovet mamlakatlari miqyosida bunday dastgohlarning soni atigi ikkita. Biri Rossiyada bo‘lsa, ikkinchisi shu yerda, ya’ni O‘zbekistonda..

 

 

 
Biz ham tavsiya qilamiz