Ishga tushirish oldidan sinov-sozlash ishlari bajarilmoqda

19.10.2022
Поделиться:

Enter Engineering kompaniyasi qurilish-montaj ishlarini yakunlab, «Dengizko‘l konida 2017-2021 yillarda uglevodorod xom-ashyosi qazib chiqarish hajmlarini ko‘paytirish Dasturi»ni amalga oshirish doirasida «O‘zbekneftegaz» AJ buyurtmasiga ko‘ra qurilayotgan 2-siquv kompressor stansiyasini (CKS) ishga tushirish oldidan sinov-sozlash ishlarini bajarmoqda.

— SKSning qurilishi 2021 yilning may oyida boshlangan, — dedi ICHTG menejeri va Dengizko‘l konida kuchaytiruvchi kompressor stansiyasi qurilishi loyihasi ijrochi rahbari Abdullo Ochilov. – O‘tgan vaqtga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bugungi kunga qadar, katta hajmda beton quyish va payvandlash ishlari amalga oshirilib, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uskunalari o‘rnatilib, havoni sovutib tozalash tizimi, gaz nasos agregatlari, separatorlar va boshqa zarur jihozlar o‘rnatildi. Ushbu loyihani amalga oshirish Muborak gazni qayta ishlash zavodiga yetkazib berilgunga qadar gaz bosimining kollektor energiyasi tugaydigan sharoitda Dengizko‘l konida qoldiq tabiiy gaz zahiralarini maksimal darajada o‘zlashtirish imkonini beradi.

Ayni paytda «INGK» kompaniyasi mutaxassislari tomonidan texnologik uskunalarni ishga tushirish ishlari olib borilmoqda. Korxona muhandisi Aleksandr Visokovning so‘zlariga ko‘ra, obyektda oltingugurt gazini singdirish va haydash uchun mo‘ljallangan agregat o‘rnatilgan. U Baker Hughes zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan va 16 megavatt quvvatga ega gaz turbinasiga asoslangan. U to‘liq va barqaror ishlab chiqarishni ta’minlash uchun energiya bloki turbinalariga gaz yoqilg‘isi tayyorlab yetkazib berish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, kunlik tabiiy gazning hajmini 6,5 million m3 ga oshirishga xizmat qiladi.

Yaqin kelajakda kompleks sinovlar o‘tkazilib, uskunani boshqara oladigan kadrlar tayyorlanadi.

Dengizko‘l konidagi siquv kompressor stansiyasini joriy yil oxiriga qadar ishga tushirish rejalashtirilgan bo‘lib, bu bilan qayta ishlash korxonalariga «zangori» yoqilg‘i uzatilishi ta’minlanadi.

 

 

 

 
Biz ham tavsiya qilamiz