SKS o‘z qiyofasiga ega bo‘lmoqda

07.11.2022
Поделиться:

Enter Engineering kompaniyalar guruhi tomonidan «Gazli gazni yer ostida saqlash inshooti hajmini kondagi gaz va neft uyumlarida qo‘shimcha qidiruv ishlari bilan birgalikda oshirish» loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan 6-sonli siquv kompressor stansiyasidagi (SKS 6) qurilish ishlarining faol bosqichi davom etmoqda.».

Loyiha konda ishlab chiqarishni tiklash va yangi gaz nasoslari quvvatlarini qurish orqali YEGO hajmini bosqichma-bosqich oshirishni nazarda tutadi.

Qurilish maydonchasida salmoqli hajmdagi qazish ishlari muvaffaqiyatli yakunlangan, poydevorlarni mustahkamlash va betonlash ishlari olib borilgan. GPA-100 va GPA-200 kompressor bloklari, redutsiyalash va yondirish bloklari bo‘lgan olovli tirgak, suvni tayorlash blok-modulli qurilmasi, siqilgan havo kompressori va qabul qiluvchilarga ega blok-konteyner konstruksiyasida KSV bilan azot ishlab chiqarish moslamasi va shu kabi bir qator boshqa jihozlar yetkazib berildi va o‘rnatildi.

Ayni paytda quvur estakadasida drenaj hajmi, gaz isitgichlari platformasi va kirish tarmoqlarining bloki poydevorlarini betonlash ishlari davom etmoqda. Ma’muriy majmua, laboratoriya va SERB qismlarida g‘isht terish va suvoq ishlari olib borilmoqda. Quvurlar va kabellar uchun metall konstruksiyalar o‘rnatilmoqda, quvur agregatlari va texnologik blankalar payvandlanmoqda, uskunalar (separatorlar, blok uskunalari), ichki va tashqi elektr tarmoqlari o‘rnatilmoqda. Shuningdek, tayyor maydonlarni to‘ldirish bo‘yicha tuproq qazish ishlari ham avjida.

НHozirda qurilish jarayoniga 630 nafar ishchi va 120 ta turli texnikalar jalb etilgan. Xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan – shinam vaxta shaharchasi, oshxona, tibbiyot punkti ishlab turibdi.

Ishlar tabiiy sharoiti og‘ir hududda olib borilmoqda. Mintaqaning iqlimi yeesein o‘zgaruvchan bo‘lib, kam yog‘ingarchilik, kuchli shamol, yozda jazirama, qishda esa qahraton bilan tavsiflanadi. Bu quruvchilar uchun ko‘plab qo‘shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, jumladan texnologiya, uskunalar va materiallar sifatiga nisbatan talabni ham oshiradi.

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi aholi va sanoat korxonalari tomonidan gaz iste’molining mavsumiy o‘zgarishini qoplash imkonini beradi. Bundan tashqari, qazib olingan xom-ashyoni qisman O‘zbekistonning ichki bozoriga, ayniqsa qish mavsumida maxsus yo‘naltirish rejalashtirilgan. 

 
Biz ham tavsiya qilamiz