MTO Gaz-kimyo majmuasi noyob loyihani amalga oshirish uchun pudratchi sifatida Enter Engineering EPCni tanladi

18.11.2022
Поделиться:

Toshkent, Oʼzbekiston, 2022-yil 17-noyabr. Markaziy Osiyoda polimerlar ishlab chiqarish boʼyicha yirik korxona boʼlishi kutilayotgan MTO Gaz-kimyo majmuasi qurilishining operatori «Gas Chemical Complex MTO Central Asia LLC» MChJ loyihaning EPC-pudratchisi etib Enter Engineering Pte Ltd kompaniyasini tanladi.

Pomerlar ishlab chiqarish boʼyicha innovatsion majmua Buxoro viloyatida yangi tashkil etilgan «Qorakoʼl» Erkin iqtisodiy zonasining dastlab langar tanlashlovchi rezidenti vazifasini oʼtaydi. MTO Gaz-kimyo majmuasi (MTO GKM) toʼligʼicha Oʼzbekistondagi yirik neft-gaz kompaniyalaridan biri boʼlgan «Sanoat Energetika Guruhi» (SANEG) MChJ IKga tegishlidir.

 3 milliard АQSh dollariga yaqin mablagʼga teng shartnomaga koʼra, obʼektlarni, shuningdek kerakli infrastruktura inshootlarini loyihalash, qurish hamda asbob-uskunalarni xarid qilish nazarda tutilgan. Barcha ishlar 2025-yilda yakunlanishi kerak.

 Enter Engineering kompaniyasi oʼzining Markaziy Osiyoning neft-gaz sektori va sanoat bunyodkorligi sohasidagi nodir ekspertiza va koʼp yillik ish tajribasiga ega ekani sharofati oʼlaroq tanlandi.

Masrur Shokirov, «Gas Chemical Complex MTO Central Asia LLC» MChJ bosh direktori:

«MTO Gaz-kimyo majmuasi Oʼzbekiston Respublikasining gazni chuqur qayta ishlash va yuqori qoʼshimcha qiymatga ega boʼlgan mahsulotni yaratish boʼyicha strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida bunyod etilmoqda.

 Korxona shakli noyob hisoblanadi – biz dunyoda ilk bor bir maydonda tabiiy metan gazidan nafaqat metanol, balki MTO texnologiyasi orqali etilen va propilen ham ishlab chiqara boshlaymiz.

Loyiha ustida muhandislar, loyihachilar, gaz-kimyo sohasi mutaxassislaridan iborat xalqaro jamoa ishlamoqda».

 

Ulugʼbek Usmonov, Enter Engineering bosh direktori:

«Zamonaviy gaz-kimyo majmuasi qurilishi – bu eng avvalo, oʼta murakkab injenerlik vazifasi va uni uddalash Enter Engineering uchun katta sharaf.

Zimmamizdagi vazifani belgilangan muddatda bajarish uchun barcha kerakli resurslar safarbar etildi – kompaniya tasarrufidagi qurilish texnikasi va transport vositalari ajratildi, tegishli mutaxassislar jamoasi tuzildi, maxsus asbob-uskunalarni yetkazish uchun qulay logistika yoʼllari belgilandi. Qurilishning eng avj nuqtasida qurilish maydonida ishchilarning soni 10 000 nafardan ortadi».

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq MTO GKM eng ilgʼor xalqaro normalar va standartlarga mos ravishda loyihalashtirilmoqda. Ushbu loyiha mahalliy va xorijlik mutaxassislarning neft-gaz sohasida eng ilgʼor yutuqlar asosidagi global hamkorligiga yaqqol misol boʼla oladi.

MTO GKM loyihasi ustida John Wood Group (Buyuk Britaniya), Topsoe (Daniya), Koch Industries Inc. (АQSh), Chemtex Global Corp. (АQSh), Scientific Design (АQSh), Versalis (Italiya), Sinopec (Xitoy) i Grace Catalysts Technologies (АQSh) kabi yirik kompaniyalar ishlamoqda.

 

MTO Gaz-kimyo majmuasi yiliga 730 ming tonna polimer mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega boʼlgan Markaziy Osiyoda shu turdagi eng yirik zavodga aylanadi. Uning ishga tushishi yuqori qoʼshimcha qiymatga ega tovarlar ishlab chiqarish uchun xom ashyoga boʼlgan mahalliy ehtiyojni toʼliq qondirish imkonini beradi. Korxona toʼrt turdagi mahsulotni ishlab chiqaradi: polipropilen (250 000 t/y), quyi zichlikka ega polietilen (80 000 t/y), etilenvinilatsetat (100 000 t/y) va polietilentereftalat (300 000 t/y). Bu mahsulotlarning keyingi uchtasi respublikamizda ilk bor ishlab chiqarila boshlaydi.

Oʼtgan yili, qurilishni boshlash arafasida loyihani roʼyobga chiqarish yoʼlida bir nechta muhim qadamlar qoʼyildi.

- Аvgust oyida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yangi sanoat klasteri – «Qorakoʼl» Erkin iqtisodiy zonasini tuzish haqidagi qarori qabul qildi, xususan MTO majmuasi ana shu sanoat klasterining oʼzagi boʼladi.

- Shu oyda John Wood Goup injiniring kompaniyasining Italiyadagi boʼlinmasi biln obʼektni detalli loyihalash va xaridlar rejasini amalga oshirish toʼgʼrisida shartnoma imzolandi.

- Sentyabr oyida Qorakoʼl, Jondor va Olot tumanlarida loyihaning atrof-muhitga va ijtimoiy sharoitga taʼsiri toʼgʼrisida jamoatchilik eshituv-kengashlari oʼtkazilib, fuqarolarga oʼz fikr-mulohazalarini bildirish imkoni berildi va aholi nuqtai-nazari oʼrganildi.

MTO (Methanol To Olefin) innovatsion texnologiyasi 1,3 mlrd m3 SANEG tasarrufidagi konlardan keltiriladigan Oʼzbekiston uchun spetsefik hisoblangan, tarkibida qimmatli komponentlar miqdori past boʼlgan, tabiiy gazni qayta ishlash imkonini beradi.

Taʼkidlash joizki, MTO Gaz-kimyo majmuasida multiplikativ ish uslubi samarasi oʼlaroq 2 000 dan koʼp ochiq ish oʼrni hamda 10 000 dan ziyod oʼrindosh ishchi oʼrni yaratiladi. Loyiha Buxoroning ishlab chiqarish, ijtimoiy, ishbilarmonlik, logistika, transport sohasi va boshqa infratuzilmaviy yoʼnalishlarda regional miqyosda taraqqiy etishi uchun xizmat qiladi hamda nafaqat Oʼzbekiston, balki butun Markaziy Osiyoda gaz-kimyo sanoatining yangi markaziga aylanadi.

Biz ham tavsiya qilamiz