Kimyo majmuasi qurilishi qizgʼin ketmoqda

15.11.2022
Поделиться:

Аvval xabar berganimizdek, Enter Engineering Kompaniyalari guruhi yurtimizdagi sanoat ishlab chiqarishi sohasida yana bir muhim obʼekt — «Samarqandkimyo» АJ negizida kompleks mineral oʼgʼitlar ishlab chiqarish boʼyicha kimyo majmuasi qurilishida bosh pudratchi vazifasini bajarmoqda. Mazkur loyihaning asosiy investori Ferkensco Management Limited hisoblanadi. 

Аyni kunlarda qurilish maydonida kompaniyamizning 642 nafar ishchi va mutaxassislari vaxta rejimida mehnat qilmoqdalar. Shuningdek, ushbu jarayonga 110 ta maxsus texnika birligi jalb etilgan. Qurilish maydoni hajmi 180 gektardan iborat. Majmuani ishga tushirish 2023 yil oxiriga moʼljallangan.

Korxona ishga tushgach kutilayotgan yillik ishlab chiqarish quvvati: monoammoniyfosfat (MAP) — 370 ming tonna; azot-fosfor-kaliyli oʼgʼitlar (NPK) — 540 ming tonna. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot Oʼzbekiston ichki bozoriga chiqariladi, shuningdek eksport, xususan Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlariga yetkazish imkoniyatlari koʼrib chiqiladi.

Loyiha boʼyicha bunyod etilayotgan bir nechta rezervuarlar hamda tegishli tizimli obʼektlardan tashqari, parallelь ravishda issiqlik elektr stantsiyasi qurilishi ham koʼzda tutilgan boʼlib, uning quvvati majmuaning elektrga boʼlgan ehtiyojini toʼliq qoplaydi. 

Qurilish ishlarining hozirgi bosqichida kotlovan qazish ishlari 75 foizga, beton quyish ishlari 34,83 foizga bajarildi. Loyihaning koʼlamini quyidagi raqamlar ham tasdiqlamoqda: texnologik estakadalar uzunligi 3 kilometrdan ortiq, ammiakni joylashtirish tugunlari bir vaqtning oʼzida 8 ta t/y sisternalarini boʼshatish quvvatiga ega, ammiakni saqlash uchun har biri 200 m3 sigʼimli 22 ta rezervuar va qattiq oltingugurt uchun quriladigan omborlar bir vaqtda 6 ta yarimvagonlarni boʼshatish imkonini beradi.

Obʼektda quyidagi rezervuarlar oʼrnatilgan va yetkazish ishlari davom etmoqda — ammiak, absorber uchun rezervuarlar, suvni tayyorlash qurilmalari, ventilyatorlar, oltingugurt uchun filьtrlar, yengsimon filьtrlar va boshqalar. 

Shunisi ahamiyatliki, majmua faoliyati uchun kerakli xom ashyo mahalliy konlardan — fosfor kontsentrati Navoiy viloyatidagi yangi kondan, ammiak «Navoiazot» aktsiyadorlik jamiyatidan, oltingugurt ishqori qoʼshimcha hajmlari «Olmaliq KMK» АJdan olinadi.  

Majmua ishga tushishi bilan yaratiladigan 1200 ta yangi ish oʼrni regiondagi ijtimoiy shart-sharoitni yaxshilashga xizmat qiladi.  

Enter Engineering kompaniyalari yirik ishlab chiqarish obʼektlarini bunyod etish borasida katta tajribaga ega. Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, «Samarqandkimyo» АJ negizida kompleks mineral oʼgʼitlar ishlab chiqarish boʼyicha kimyo majmuasi Oʼzbekistonning sanoat salohiyatini mustahkamlash ishiga katta hissa boʼlib qoʼshiladi.

 

 
Biz ham tavsiya qilamiz