«SHGKMni kengaytirish» loyihasi istiqbolida yangi bosqich

26.05.2022
Поделиться:

12022-yilning 18-may kuni «Oʼzbekiston neft va gazi – OGU 2022» 24-xalqaro koʼrgazmasi doirasida «SHGKMning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish» loyihasi boʼyicha Enter Engineering Pte. Ltd. hamda Yevropaning bosh eksportchisi hisoblangan Jebsen & Jessen Industrial Solutions kompaniyasi va mazkur loyiha buyurtmachisi «Shoʼrtan GKM» MChJ oʼrtasida uch taraflama bitimning tantanali imzolanish marosimi boʼlib oʼtdi.

Yevropa banklaridan Eksport-kredit agentliklari (EKА)ning Sugʼurtaviy kafolati ostida Yevropa banklari moliyalashtiruvini jalb etish maqsadida ushbu loyiha buyurtmasichi tomonidan Jebsen & Jessen Industrial Solutions kompaniyasi bosh eksportchi sifatida tanlab olindi. Bu kompaniya transport, elektron mobillik, metall olish sohalarida moliyaviy yechimlar taqdim etishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning yillik aylanmasi 3 milliard yevrodan oshadi. Jebsen & Jessen eksport-moliya amaliyotlarini yoʼlga qoʼyish borasida katta tajribaga ega boʼlib, eksport-kredit agentliklari ishtirokida 100 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan.

Takidlash joizki, 2021 yil noyabr oyidan boshlab Enter Engineering Pte. Ltd. yevropalik tarkibni tayyorlash, EKА talablariga hamda Enter Engineering manfaatlariga mos istiqbolli shartnomalar shartlarini ishlab chiqish ustida ish boshladi.

Bosh eksportchi bilan uzoq muddatli kelishuv ishlari yakuniga koʼra Germaniya, Italiya va Fransiya EKАlari ishtirokida moliyalashtirilishi koʼzda tutilgan 530 million dollarlik yetkazmalar hajmi belgilab olindi. Jebsen & Jessen kompaniyasining Enter Engineering bilan bitimi doirasidagi asosiy vazifalari moliyalashtirish tuzilmasini tayyorlash, EKА sugʼurta qoplamasini tashkil etish va Yevropa banklari tomonidan moliyalashtiriladigan yetkazmalar toʼgʼrisidagi shartnomalarni jamlashdan iborat.

Shartnomalarning muvaffaqiyatli imzolanishi Yevropaning Deutsche Bank AG, Landesbank Hessen-Thüringen Girozentrale, Landesbank Baden-Württemberg va Unicredit Bank AG kabi yirik banklaridan uskunalarni sotib olish va yetkazib berish uchun zarur boʼlgan moliyalashtiruvga erishish imkonini beradi.

Kelishuv imzolanishi jarayonida «Oʼzbekneftgaz» АJ boshqaruvi raisining birinchi oʼrinbosari Sh.Аlirizaev, «Oʼzbekneftgaz» АJ boshqaruvi raisining transformatsiya masalalari boʼyicha birinchi oʼrinbosari v. b. B.Usmonov va Enter Engineering «UNG-2» direktsiyasi direktori B.Umarovlar tomonidan Jebsen & Jessen Industrial Solutions va Jebsen & Jessen Hamburg guruhi moliyaviy direktori Ralf Schfarzhaupt boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan muzokaralar olib borildi. Tomonlar erishilgan natijadan mamnunliklarini hamda kelgusidagi hamkorlikni har tomonlama qoʼllab-quvvatlashga tayyorliklarini bildirdilar.

 
Biz ham tavsiya qilamiz