Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi delegatsiyasi neft-gaz sohasida oʼzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida joriy yilning mart oyi oxirida Bangladeshda amaliy tashrif bilan boʼldi.
Birinchi uchrashuv Bangladesh Respublikasining Petro Bangla milliy neft va gaz kompaniyasida boʼlib oʼtdi. Muzokaralar chogʼida Petro Bangla kompaniyasi raisi Nazmul Аxsan yangi texnologiyalar va quduqlarni bugʼilash tajribasi, xususan, Oʼzbekiston «M-25» konida vodorod sulfidi yuqori boʼlgan murakkkab geologik sharoitlarda qoʼllaniladigan tajribaga qiziqish bildirdi. Uchrashuvda bugʼilash sohasida kelgusidagi hamkorlik rejalari muhokama qilindi.
Soʼngra Dakka shahrida delegatsiya Bangladesh Respublikasi energetika vaziri Nasrul Hamid va soha mutaxasislari bilan muzokaralar oʼtkazdi. Oʼzbekiston delegatsiyasi tarkibiga neft-gaz sanoati va qurilish sektoridagi ERIELL Group va Enter Engineering yirik kompaniyalari boshqaruvi aʼzolari kirdi.
Tomonlar Bangladesh Respublikasining neft-gaz sohasini rivojlantirish, jumladan, yangi neft va gaz konlarini oʼzlashtirish boʼyicha hukumatlararo darajadagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Ikki davlat oʼrtasidagi hamkorlik gaz quvurlari qurilishi va qayta tiklanadigan energiya sohasida katta salohiyatga ega.
Energetika vaziri Nasrul Hamid mamlakatimizning energetika sohasidagi hamkorlikka boʼlgan qiziqishini yuqori baholadi va Bangladesh Oʼzbekiston Respublikasining uglevodorodlar sohasida, jumladan, Bangladesh muhandislari malakasini oshirish tajribasidan foydalanishi mumkinligini taʼkidladi. Shuningdek, u kelgusidagi hamkorlik rejalarini batafsil ishlab chiqish maqsadida mamlakatga tashrif buyurish taklifini qabul qildi.