Enter Steel O'zbekistonda ASME sertifikatini olgan birinchi mashinasozlik zavodi
Toshkent, bugun 2022-yilning 7-dekabr kuni Markaziy Osiyodagi eng yirik EPC-pudratchilaridan biri hisoblangan Enter Engineering o’zining sho’ba korxonasi Enter Steelning sifat menejmenti tizimini (SMT) va U, S, R (U - bosim ostida ishlovchi sig’imlar, S - energiya ishlab chiqarishda qo’llaniluvchi qozonlar, R - sig’imlarni ta'mirlash va o’zgartirish) shtamplarini muvaffaqiyatli joriy etgani uchun Amerika mexanika muhandislari jamiyati (ASME) ning sertifikatiga ega bo’lgani haqida ma’lum qildi.
ASME sertifikati kompaniyalarga me’yoriy talablarga rioya etish, jarayonlar samaradorligiga erishish, harajatlarni kamaytirish hamda mahsulot sifati va xavfsizligini yaxshilashda yordam beradi. Bu Enter Steel mashinasozlik zavodida ishlab chiqarilgan sig’imlar va apparatlarning yuqori standartlariga mos ekanidan dalolat beradi.
Enter Engineering kompaniyasibosh direktori Ulug’bek Usmonov shunday izoh berdi:
«Enter Steel mashinasozlik zavodi nufuzli ASME sertifikatiga erishgan O‘zbekistondagi birinchi korxona ekanini faxr bilan e’tirof etamiz. Uning mavjudligi bizning har bir korxonani boshqarishda va ishlab chiqarish tsiklining har bir bosqichida ishlab chiqarishning yuqori standartlariga sodiq ekanligimizni yana bir bor namoyon etadi. Bunday yutuqqa erishish, y’ani dunyodagi eng nufuzli xavfsizlik va sifat standartlaridan biriga munosib bo’lish malakali mutaxassislardan iborat jamoamizning fidokorona mehnati sharofatidir».
ASME sertifikatiga ega bo’lish uchun Enter Steel talablariga muvofiq murakkab audit jarayonini yo’lga qo’ydi:
• Materiallar va sinov uskunalari sotib olindi va kalibrlandi.
• BBM (buzmasdan baholash muhandisligi) laboratoriyasi tashkil etildi.
• Bosim ostida ishlovchi sig’imning prototipi tayyorlandi va sinovdan o’tkazildi.
• Sifatni nazorat qilish bo’yicha qo’llanma, sifat nazorati o’tkazish, dizayn yaratish va BBM jarayonlari tartib-qoidalari tayyorlandi.
• ASME talablariga javob beradigan tarzda jihozlangan omborlar, shuningdek, jihozlarni saqlash va karantin hududlari tashkil etildi.
ASME mexanik sinov xavfsizligi va sifat standartlari sohasida AQSHning nufuzli tashkilotlaridan biridir. U turli texnik sohalarni qamrab olgan 600 dan ortiq kodeks va standartlarni nashr etgan.
ASME sertifikati 100 dan ortiq mamlakatlarda tan olingan. ASME sertifikati butun dunyo hukumatlari tomonidan xavfsizlik talablariga muvofiqlik tasdig’i sifatida qabul qilingan. Hozirda 7000 ga yaqin kompaniya ASME sertifikatiga ega.
ASME kompaniyalari oilasiga qo’shilish Enter Engineering kompaniyasi uchun barcha muhandislik nizomlari bo’yicha xodimlarning martabasi va malakasini oshirishni qo’llab-quvvatlagan holda boshqa a’zo kompaniyalar bilan ilg’or tajribalarni almashish uchun yangi yangi imkoniyatlarni ochadi.