«Jаnubiy Tаndirchа» SKS: ish dаvom etmoqdа
Qashqadaryo viloyati Gʼuzor tumanidagi «Janubiy Tandircha» konida Enter Engineering Kompaniyalari guruhi mutaxassislari tomonidan siquv-kompressor stantsiyasi (SKS) qurilishi boʼyicha ishlar qizgʼin davom etmoqda.
Mazkur obyekt uglevodorod xom ashyosini qazib olish koʼlamini oshirish maqsadida «Oʼzbekneftgaz» АJ buyurtmasiga binoan toʼliq qurib topshirish sharti asosida bajarilmoqda. Stantsiya ishga tushishi bilan konning toʼliq va barqaror ishlashini taʼminlaydi, shuningdek, tabiiy gazning kunlik ishlab chiqarilishini sezilarli darajada oshiradi.
Hozirgi vaqtda SKSni loyihalash jarayoni toʼliq yakunlandi va loyihaning umumiy tugallangan bosichi 50 foizni tashkil etadi. Qurilish maydonchasida quyidagi koʼrsatkichlarga erishildi: tuproq ishlari (97 %), beton quyish ishlari (loyihada koʼrsatilgan 5456 m3 hajmning 3660 m3 qismi), temir konstruktsiyalarini oʼrnatish ishlari (2 %) ga yakunlandi.
Аsosiy texnologik uskunalarni oʼrnatish boʼyicha montaj ishlari olib borilmoqda. Xususan, gazni nasos yordamida oʼtkazadigan agregatning 100, 200 va 300 elementlari oʼrnatilmoqda. Аyni paytda gaz va suyuqlik uchun 3 ta HOS (havo orqali sovutish) toʼplami oʼrnatilgan, kompressor va dvigatel, shuningdek gaz guruhi separatorlari (kirish, oraliq, soʼnggi) oʼrnatilgan. Bundan tashqari, monolit plita hamda shamollatish va havoni sunʼiy tarzda almashtirish tizimlari oʼrnatilgan pana joy, tashqi temir konstruktsiyalari (maydonchalar, zinapoyalar, koʼpriklar), isitish tizimi, yongʼinga qarshi suv taʼminoti oʼrnatildi.
Bundan tashqari, S-001, S-002 kirish separatorlari stantsiyasi, F-601 mashʼal separatori, gaz bosimini kamaytiradigan blok BRG-601, oʼz ehtiyojlari uchun gazni tozalovchi separator S-701 А/V, mashʼal stvoli va yashin (chaqmoq)ni qabul qiluvchi qurilmalar bilan projektor machtalari (6 dona) oʼrnatish ishlari yakunlandi.
Qurilish ishlariga 100 dan ortiq ishchi va 30 ta turli texnika jalb qilingan.