YQM qurilishi davom etmoqda
Samarqand xalqaro aeroportida yangi terminal foydalanishga topshirilishi uning sig‘imini sezilarli darajada kengaytirdi, reyslar soni ko‘paydi.
Shu bois aviatsiya yoqilg‘isiga bo‘lgan talab, shuningdek, samolyotlarga yoqilg‘i quyish jarayonlarini optimallashtirish darajasi ham ortdi. Bu omillar yangi yoqilg‘i quyish majmuasini qurishga ehtiyoj borligini tasdiqlab berdi, uning kuchi ko‘payib borayotgan vazifalarni samarali hal etish uchun yetarli bo‘ladi.
Majmuaning bosh pudratchisi sifatida Enter Engineering Kompaniyalari guruhi tanlangan, buyurtmachisi esa — «Marakand Logair» MChJ. YQM milliy aviatashuvchi va xorijiy aviakompaniyalarning samolyotlariga uzluksiz yoqilg‘i quyish, shuningdek, aviatsiya yoqilg‘isini qabul qilish, filtrlash va saqlashni taʼminlash uchun mo‘ljallangan.
Loyihada aviatsiya kerosinini saqlash uchun umumiy hajmi 4000 m3 bo‘lgan 2 ta РВС rezervuar qurish nazarda tutilgan. Аviakerosin drenaj tizimini o‘rnatish bilan 6 t/y sisterna uchun temir yo‘l liniyasi va estakada, Jet A-1 (2 dona) yoqilg‘i quyish va to‘ldirish moslamalari bilan nasos va filtrlash stantsiyasi, yoqilg‘ini dag‘al filtrlash (3 ta — nasos tizimi va 2 ta — to‘ldirish tizimi), operator xonasi va laboratoriyani o‘z ichiga olgan ishlab chiqarish binosi, aviakerosinni yoqilg‘i quyuvchilarga quyadigan ikki uzatgichli to‘ldiruvchi (1 ta ishchi, 1 ta zaxira) shaxobcha va operator xonasi, quvurlar, drenaj hajmlari, yong‘inga qarshi va boshqa texnologik uskunalar o‘rnatish mo‘ljallangan.
Hozirgi vaqtda 2 gektardan ortiq maydonda texnologik va muhandislik tarmoqlarini, shuningdek, metall konstruktsiyalar va vertikal po‘lat РВС rezervuarlarini korroziyaga qarshi himoya qilish jihozlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Loyihaga 169 ishchi va 30 dona texnika birligi jalb qilingan. EPC bo‘yicha qurilish boshlanganidan yanvar oyiga qadar loyihaning rivoji 62 foizni tashkil qiladi. Barcha tadqiqot va loyihalash ishlari 99% ga yakunlandi; materiallar va jihozlarni tanlash hamda xarid qilish 53%, qurilish va o‘rnatish ishlari 52% ga bajarildi.
Yangi YQM loyihasining amalga oshirilishi har qanday soha uchun zamonaviy sanoat va texnologik obyektlarni qurishga qodir bo‘lgan Enter Engineering mutaxassislari mahoratining yana bir tasdig‘i bo‘lib, bundan tashqari, kompaniyaning O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga qo‘shgan yana bir katta hissasi bo‘ladi.